Sönggi yillarda Rossiya rasmiylari mulkdorlardan 3,9 trillion rubl (yoki taxminan 40,4 milliard yevro)lik mulkni musodara qilgan. Bu haqda The Moscow Times tomonidan örganilgan «Nektorov, Savelev i partnery» (NSP) yuridik firmasining iyun oyi oxirida çop etilgan hisobotida aytiladi.
Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, milliylaştirilgan aktivlar miqdori Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşga yillik xarajatlarining taxminan uçdan bir qismiga teng, bu joriy yilda 13,5 trillion rublni taşkil etadi. Şuningdek, u «Rosneft»ning kapitallaşuvi (4,3 trillion rubl), yillik federal budjet taqçilligi (3,8 trillion) va Milliy farovonlik jamğarmasining likvid qismi (2025 yil 1 iyul holatiga köra 4,1 trillion) bilan taqqoslanadi.
NSP hisobotida Rossiya va xorijiy xususiy mulkdorlarning aktivlarini milliylaştirişning 102 ta holati keltirilgan, ularning aksariyati 2022-2025 yillarda sodir bölgan, bir neçta holatlar 2020-2021 yillarga tegişli.
Şu bilan birga, tahlilçilar mulkni xatlovga oliş uçun turli xil vositalarni sanab ötdi. Xorijiy kompaniyalarning Rossiya biznesi xalqaro şartnomalar bilan musodara qilişdan himoyalangan, şuning uçun ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmonlari asosida Federal mulkni boşqariş agentligining doimiy boşqaruviga ötkaziladi. 2024 yilga kelib bunday kompaniyalar soni 9 tadan 16 taga köpaydi, deyiladi hisobotda.












