Ozarboyjon va Armaniston vositaçilarsiz tinçlik kelişuviga yaqinlaşmoqda. Ilhom Aliyev va Nikol Paşinyanning keçagi uçraşuvi bundan buyon Janubiy Kavkazda tinçlik va barqarorlik taşqi kuçlarsiz ham ta’minlanişi mumkinligiga işora qiladi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Jahongir Akramov bu borada öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
— Vositaçilarsiz Ozarboyjon va Armaniston tinçlik kelişuvi amalga oşadimi?
Jahongir Akramov: Dunyoning barça mintaqalarida uruş harakatlari yoki keskinlik oşayotgan vaqtda Janubiy Kavkazda bir neça ön yildan buyon davom etayotgan keskinlikka barham berilib, tinçlik örnatilişi – butun dunyo jamoatçiligi uçun ijobiy holat.
SSSR parçalangandan keyin suveren Ozarboyjonning Qoraboğ hududida separatistik harakat avj olgan va Armaniston–Ozarboyjon uruşi sodir bölgandi. 1994 yilgi Bişkek kelişuvi bilan, öt oçiş töxtatilgan. Öşanda Ozarboyjon Armanistonni oçiqdan oçiq qöllab-quvvatlagani uçun Rossiyani ayblagandi. Çunki Ozarboyjon özining 20 foiz hududidan ayrilgandi.
2020 yilda 44 kunlik uruş natijasida Boku öz hududining katta qismini qaytarib oldi va Rossiya ham amalda bu hududlar Ozarboyjonga tegişligini qayd etdi. Rossiya uçun, aslida, Janubiy Kavkazda Armaniston va Ozarboyjonning qarama-qarşi turişi manfaatli edi. Bu holat Moskvaga ikkala tomonga ham öz sözini ötkazişga imkon berardi. Lekin sönggi vaqtlarda Rossiyaning Ğarb bilan qarama-qarşiligining kuçayişi, Turkiyaning mavqeyi oşişi Ilhom Aliyevga imkon yaratdi. Ozarboyjon qurollanişda faqat Rossiyaga emas, Isroil, Turkiya bilan ham hamkorlik qilib, öz armiyasini zamonaviy darajaga çiqara olgani tufayli ğalaba qozondi.
Armaniston – Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining a’zosi. Rossiya bilan yuqoridagi taşkilotlarda birga bölsa ham, 44 kunlik uruşda Moskva namoyişkorona betaraf turdi. Yaqinda avj olgan Rossiya–Ozarboyjon ziddiyati fonida, Boku Moskvadan özaro teng munosabatlarni talab qilyapti. Putin, albatta, bunga könişni istamaydi. U özini MDHda gegemon, xöjayin deb hisoblaydi.
Yerevanning ham Rossiyaga nisbatan işonçi yöqoldi. Bilamizki, Qoraboğ masalasini hal qiliş uçun 1994 yilda Minsk guruhi tuzilgan edi. Guruh AQŞ, Fransiya va Rossiyadan iborat bölgan va 26 yil davomida bir metr yerni ham Ozarboyjonga qaytarib berişolmagan. Örtada vositaçilar bölsa, baribir öz manfaatini ilgari surişga intiladi, şuning uçun ham Abu-Dabidagi ikki davlat rahbarining töğridan töğri uçraşuvi juda katta özgarişlarga olib keladi, degan fikrdaman.
Kamoliddin Rabbimov: Birinçi marta Arab Amirliklarida ikki davlat rahbari heç qanday vositaçisiz töğridan töğri muloqot qilyapti. Nima uçun aynan Arab Amirliklari? Çunki bu davlat neytral sifatida ham Ozarboyjon, ham Armaniston tomonidan tan olingan.
Keyingi 5 yil içida Armanistonning taşqi siyosiy yönalişi tubdan özgardi. Qoraboğ Ozarboyjon tomonidan mamlakat tarkibiga qaytarildi. Bu – xalqaro huquqqa köra, Ozarboyjonning yeri. Ozarboyjon Qoraboğni kuç bilan qaytarib olganidan keyin ikki davlat örtasida kuçlar nisbatiga oid qaraş tubdan özgardi. Ya’ni bu yerda qudratli davlat – Ozarboyjon. Bokuning harbiy salohiyati yuqori. Şu bois Armaniston Ozarboyjon ilgari surayotgan şartlarga könişga majbur.
Çunki agar kelişuv amalga oşmasa va Ozarboyjon, ötgan 30 yil mobaynida Armaniston qilgani kabi, Yerevanga nisbatan agressiya qilsa, Armaniston öz hududlaridan ayrilib qolişi mumkin. Çunki Ozarboyjon xuddi Falastin singari ikkiga bölingan davlatga öxşaydi. Masalan, Naxiçevon viloyati Ozarboyjonning asosiy qismidan ajralgan holda joylaşgan.
Armaniston Konstitutsiyasida Qoraboğga oid işora mavjud, “biz bu yerlarni qaytarib olamiz, özimizga qöşamiz” degan çaqiriq saqlanib qolgan. Şu sababdan ham tinçlik kelişuviga erişiş uçun Armaniston Konstitutsiyasi özgarişi kerak. Çunki ikki tomon kelişuvga qöl qöygandan keyin, agar Armanistonda yangi siyosiy rahbar kelsa va taşqi ta’sirlar (Rossiya, Fransiya yoki boşqalar) “qaytadan uruşni boşla” deydigan bölsa, oldingi kelişuv kuçini yöqotişi mumkin.
Bundan taşqari, masala Zangezur koridoriga ham taalluqli. Agar Armaniston hududi orqali ötuvçi har bir maşina töxtatilib, tekşiruvdan ötadigan bölsa, bu holatda koridor oçişning ma’nosi qolmaydi. Ya’ni Zangezur koridorida erkin harakat mazmuni bosqiçma-bosqiç yöqolişi mumkin. Ozarboyjon buni yaxşi tuşunadi. Şuning uçun Armanistonga taklif qilinmoqda: koridorni töliq oçasizlar, bunda özingiz ham iqtisodiy foyda körasizlar.
— Kavkazda Rossiyaning bosimi tugadi, deyiş mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: Janubiy Kavkazda uçta davlat bor: Ozarboyjon, Armaniston va Gruziya. Gruziya Rossiya bilan bölgan uruşdan söng MDHdan çiqib ketgan va Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzgan. Ya’ni hozir ular örtasida töğridan töğri diplomatik munosabatlar mavjud emas.
Şu bilan birga, Gruziyada içki siyosiy kuraş davom etmoqda. Ikkita asosiy konseptual yondaşuv bor. Birinçi qaraş – “biz Ğarbga yönaliş olişimiz, Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişimiz kerak” degan fikr, bu – Saakaşvili tarafdorlarining pozitsiyasi. Ikkinçi yondaşuv – “nima bölmasin, bizning katta va qudratli qöşnimiz – Rossiya, Moskva bilan hisoblaşişimiz lozim” degan fikr. Hukmron “Gruziya orzusi” aynan şunday pozitsiyaga ega.
Agar Armaniston Ozarboyjon va Turkiya bilan tinçlik kelişuviga erişsa, mamlakat hududida joylaşgan (Gumri şahridagi) Rossiya harbiy bazasini çiqarib yuborişi va Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkilotidan (KXŞT) çiqişi ehtimoli bor. Çunki sönggi ikki yilda Armaniston KXŞTning öquv maşğulotlarida iştirok etmayapti.
Ozarboyjon esa mintaqadagi va possovet makonidagi geosiyosiy maqomini qayta körib çiqmoqda. Ilgari Rossiya “katta aka” sifatida namoyon bölgan bölsa, bugun Ozarboyjon “teng muloqot qilamiz”, deya pozitsiyasini yaqqol bildirmoqda.
Jahongir Akramov: E’tibor beriş kerakki, 2026 yilda Armanistonda parlament saylovlari bölib ötadi va aynan şu saylovdan söng Konstitutsiya özgarişi mumkin. Bu holatni ham Paşinyan, ham Aliyev yaxşi tuşunib turibdi.
Ikkinçidan, Rossiya–Ukraina uruşi ham bir kunda tugab qolişi mumkin. Şu şaroitda Janubiy Kavkazda Rossiyaning ta’siri susaygan bir vaqtda, mintaqa davlatlari özaro yaraşiş orqali Rossiya bilan yangi geosiyosiy muvozanat yaratişga harakat qilmoqda.
Şu bilan birga, unutmaslik kerak: Rossiya hali ham geografik jihatdan Kavkazdagi eng yirik davlat hisoblanadi. Uning Şimoliy Kavkaz hududi – Janubiy Kavkazdagi uç davlat (Gruziya, Armaniston, Ozarboyjon) hududlaridan ham kattaroq. Geografiya – taqdir. Şuning uçun ham mintaqa davlatlari ma’lum darajada bir-birlariga yordam bermoqda.
Kutilayotgan tinçlik kelişuvi natijasida Rossiya endi Janubiy Kavkazda lider sifatida emas, balki oddiy iştirokçi sifatida qoladi. Eng asosiy geosiyosiy rolni esa Turkiya egallaşi ehtimoli yuqori. Turkiya ta’siri bugungi kunda Rossiyanikidan köra kuçliroq bölişi mumkin.
Suhbatni töliq şaklda YouTube sahifasimizda tomoşa qilişingiz mumkin.
Normuhammadali Abdurahmonov suhbatlaşdi.











