Özbekiston içimliklar bozorida yangi mahsulot – Elevíva taqdim etildi. Family Group kompaniyasiga tegişli bu brend navbatdagi mahsulot bölib, ungaça kompaniya özbekistonliklar orasida ommalaşgan RC Cola, Flavis, ArkTea, Fensi va yana boşqa köplab mahsulotlarni taqdim etgan. Kompaniya rahbariyati yangi mahsulot işlab çiqariş jarayonida aseptik quyiş texnologiyasidan foydalanilayotganini maʼlum qildi. Mazkur usul içimlikni konservantsiz tayyorlaş va uni maxsus tozalangan qadoqqa quyiş imkonini beradi. Kun.uz muxbiri işlab çiqariş bosqiçlari, suv va xomaşyo nazorati hamda tayyor mahsulot sifati qanday tekşirilişi bilan tanişdi.
Aseptik quyiş nima?
Elevíva işlab çiqariş liniyasining asosiy xususiyatlaridan biri aseptik quyiş texnologiyasidan foydalaniş hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, mazkur turdagi faoliyatda mahsulot va qadoqning mikrobiologik xavfsizligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi. Buning uçun içimlik quyiladigan PET qadoqlar va preformalar oldindan maxsus işlovdan ötkaziladi.
Zavod vakillarining tuşuntirişiça, PET qadoqlar vodorod peroksidning gazsimon fraksiyasi yordamida tozalanadi. Söngra içimlik avvaldan tayyorlangan qadoqqa quyiladi. Kompaniya uşbu texnologiya orqali mahsulotni konservantlarsiz işlab çiqariş imkoniyati hozirlanganini taʼkidlamoqda.
Konservantlardan foydalanmaslik esa işlab çiqariş texnologiyasiga qöyiladigan talablarni oşiradi. Bunda mahsulotning qadoqlanişi, umumiy muhit va xomaşyo sifati doimiy nazorat qilinişi kerak. Korxona vakillarining sözlariga köra, aseptik liniyadan foydalaniş mahsulotning tannarxiga ham taʼsir qiladi. Şu bois, Elevíva premium segmentga yönaltirilgan içimlik sifatida taqdim etilmoqda.

Mahsulot uçun suv qayerdan olinadi?
Içimlik işlab çiqarişda foydalaniladigan suv alohida nazoratda turadi. Zavod hududida artezian quduqlari mavjud bölib, markaziy vodoprovod suvi işlatilmaydi.
Yerosti suvi maxsus filtratsiya tizimidan ötkaziladi. Filtratsiyaning har bir bosqiçida suv laboratoriya xodimlari tomonidan tekşiriladi va suvning işlab çiqariş jarayonidagi holati bosqiçma-bosqiç nazorat qilib boriladi.
Bundan taşqari, zavodga olib kiriladigan xomaşyo ham işlab çiqarişga qöyilişidan oldin sifat nazoratidan ötadi. Laboratoriyada, xususan, şakarli siroplar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor içimliklarning fizik-kimyoviy körsatkiçlari tekşiriladi. Yakunda mahsulotlar mikrobiologik tahlilga yuboriladi. Yaʼni nazorat faqat mahsulot tayyor bölganidan keyin emas, xomaşyo zavodga kelganidan boşlab, işlab çiqarişning keyingi bosqiçlariga qadar davom etadi.









