AQŞ sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays Kolorado ştati Aspen şahrida bölib ötgan xavfsizlik forumida AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi jangovar harakatlarni töxtatiş böyiça Rossiyaga qöygan ultimatumi uruşdagi «buriliş nuqtasi» ekanligini aytdi.
«Öylaymanki, Ukraina xalqiga yetkaza oladigan eng yaxşi yangilik şuki, AQŞ va Yevropa nihoyat Vladimir Putinni söz bilan töxtatib bölmaydi degan konsensusga keldi. Agar uning özi boşqa boradigan joyi yöqligini, endi ğalaba qozona olmasligini tuşunsagina uni töxtatiş mumkin», dedi u forumdagi muhokamalaridan birida.
14 iyul kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyadan Ukrainada 50 kun içida tinçlik bitimi tuzişni talab qildi. Aks holda, u 100 foiz darajasida Rossiyaning savdo hamkorlariga qarşi ikkilamçi tariflar bilan tahdid qildi.
Trampning sözlariga köra, Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarda, jumladan, u bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasida hamon «doimiy muzokaralar» davom etmoqda. «Va keyin raketalar Kiyevga uçib, odamlarni öldiryapti», dedi Oq uy rahbari va «buni töxtatiş kerak»ligini ta’kidladi. U «Putindan hafsalasi pir bölganini» qöşimça qildi, çunki u bilan bir neça oy oldin kelişuvga erişmoqçi bölgan.












