Özbekistonga çet davlatdan pul ötkazmalari kiberjinoyatçilar hujumiga uçrayapti. Ötkazma oluvçi qöliga yetib kelmasdan ğoyib bölib qolmoqda.
Qaşqadaryolik, ayni paytda Rossiyada işlayotgan Jamol Eşqobilov şunday vaziyatga tuşdi. Kun.uz’ga murojaat yöllagan yigit jönatgan pulini boşqa şaxslar özlaştirib olganini aytmoqda.
Jamol Eşqobilovga köra, u 18 iyul kuni “Zolotoy korona” ilovasi orqali turmuş örtoği nomiga 1200 AQŞ dollari miqdorida pul ötkazmasini amalga oşirgan.
“Turmuş örtoğim bankka borib, pasportini bergan va navbatda turib kuta boşlagan. Şu paytda yoşroq yigit kelib, turmuş örtoğimning yonida turgan ayoldan qönğiroq qilib oliş uçun telefonini söragan. Telefonimning puli yöq, degan javobni olgaç turmuş örtoğimdan iltimos qilgan. Ayolim telefonini bergan va u yigit çetroqqa ötib, kim bilandir gaplaşgan. Söng telefonni qaytarib, rahmat aytib ketgan.
Birozdan söng ayolimning telefoniga yaşirin raqamdan qönğiroq bölgan. Notaniş şaxs siz falonçimisiz, sizga Rossiyadan 1200 dollar pul ötkazmasi kelganmi, deya savol bergan. Turmuş örtoğim “Siz buni qayerdan bilasiz?”, degaç u odam telefonni öçirib qöygan. Şu tariqa, ayolim navbati kelib, kassa oldiga borsa, bu pul olinganini ma’lum qilişgan”, deydi Jamol Eşqobilov.
Şundan söng mobil aloqa operatori filialiga borib, qönğiroq qilgan yaşirin raqam aniqlangan va IIBga murojaat qilişgan. Hozirda holat IIB tomonidan örganilmoqda.
Ma’lum bölişiça, “Zolotoy korona” ilovasidan pul ötkazmasi amalga oşirilganda doim pul olingan bank manzili körsatilgan.

Bu safar esa ilovada pul telefon orqali olingani haqidagi ma’lumot paydo bölgan.

Jamol Eşqobilovning aytişiça, oldinroq dösti bilan ham şu kabi holat sodir bölgan. Faqat ötkazma summasi kiçikroq bölgani sababli dösti bu haqda huquqni muhofaza qilguvçi organlarga murojaat qilmagan.












