AQŞ Davlat departamenti Ukrainaga umumiy qiymati 322 million dollarga harbiy texnika va tegişli xizmatlarni sotiş imkoniyatini tasdiqladi. Bu haqda 23 iyul, çorşanba kuni Mudofaa xavfsizligi böyiça hamkorlik agentligi (DSCO) saytida çop etilgan press-relizlarda aytiladi.

Xususan, gap Kiyevga HAWK Phase III raketa tizimini, unga texnik xizmat körsatiş va tegişli jihozlarni 172 million dollarga sotiş, şuningdek, Bradley piyoda askarlar jangovar maşinalarini sotiş, ularga texnik xizmat körsatiş, ta’mirlaş va boşqa tegişli xizmatlarni 150 million dollarga yetkaziş haqida bormoqda.

Birinçi press-relizda aytilişiça, Ukraina hukumati HAWK raketa tizimiga texnik xizmat körsatiş bilan boğliq tovarlar va xizmatlarni sotib olişni söragan. Xususan, sörov beş tonnalik yuk maşinalari, HAWK tizimi uçun ehtiyot qismlar sotib oliş, HAWK zenit-öt öçiriş tizimlarini rekonstruksiya qiliş va kapital ta’mirlaşga tegişli.

Bundan taşqari, Ukraina hukumati Bradley piyoda jangovar maşinalarini ta’mirlaş uçun uskunalar va xizmatlarni, jumladan texnik yordam, öqitiş, logistika va dasturiy ta’minotni söradi, deyiladi ikkinçi press-relizda.