Rossiya OAV Özbekiston statistika agentligi ma’lumotiga tayanib, şu yilning yanvar-may oylarida mamlakatimizga 4,2 million xorijiy sayyoh kelganini xabar qilgan. Ularning soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,4 million kişiga yoki 48,2 foizga oşgan, deb ta’kidlangan.

Özbekistonga sayyohlar oqimi böyiça Qirğiziston (1,2 million kişi), Tojikiston (993 ming) va Qozoğiston (899 ming) yetakçilik qilmoqda. Törtinçi örinda qayd etilgan Rossiyadan esa uşbu davrda 344 ming kişi Özbekistonga sayohat qiliş maqsadida bordi.

"Bolşaya Aziya"da e’lon qilingan material yakunida: "Özbekiston hukumati turizm sohasini faol rivojlantirişga harakat qilmoqda. Sohada amalga oşirilgan islohotlar natijasida, 2024 yilda respublikaga 8,2 milliondan ortiq sayyoh taşrif buyurdi, ulardan 870 ming nafari Rossiya fuqarolaridir. 2023 yilda esa Rossiyadan sayyohlar oqimi 714 mingdan ortiq kişini taşkil etgan", – deb yozilgan.