Rossiya poytaxti Moskva şahrida migrant mehmonxonadan qoçişga urinib, derazadan yiqilib tuşdi, deb xabar berdi MK.
Baxtsiz hodisa 25 iyulga ötar keçasi şahar janubidagi butik-mehmonxonada sodir bölgan. Dastlab guvohlar uçinçi qavat derazasida içki kiyimda turgan erkakni körgan. U kiyimlarini qölida uşlagan holda avval konditsioner ustiga sakragan, söngra ikkinçi qavat qiyaligiga tuşişga qaror qilgan.
Biroq, uriniş muvaffaqiyatsiz yakunlanib, erkak pastga qulagan va oğir jarohat tufayli halok bölgan. Jabrlanuvçi 30 yoşli Özbekiston fuqarosi bölib çiqdi, uning ismi-şarifi xabarda keltirilmadi. Jabrlanuvçining akasi uni voqea joyida tanigan.
Guvohlarning ta’kidlaşiça, erkak kimdandir qoçmoqçi bölgandek şoşilinç harakat qilgan. Holat yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.












