Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni va Iordaniya HAMAS guruhining Ğazo sektoridagi hukmronligini töxtatişga çaqiruvçi hujjatni imzoladi, deb xabar bermoqda dpa 29 iyul, seşanba kuni öz qölidagi hujjatga tayanib. Hujjatni, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Braziliya, Italiya, Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya ham imzolagan. Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, Germaniya yangilik e’lon qilingan paytda uşbu çaqiriqni qöllab-quvvatlagan davlatlar qatoriga kirmagan.

Yaqin Şarqdagi mojaroga barham beriş uçun aniq qadamlar qöyişga çaqiruvçi yetti sahifalik hujjatda HAMAS eksklavdagi hukmronligini töxtatib, xalqaro kömak bilan qurollarni Falastin ma’muriyatiga topşirişi kerakligi ta’kidlangan. Bundan taşqari, dpa ta’kidlaganidek, u Falastin guruhining 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga uyuştirgan teraktini qoralaydi.

Agentlikning tuşuntirişiça, Nyu-Yorkdagi ikki davlat yeçimi böyiça konferensiya çoğida imzolangan hujjat sentabrgaça BMT tomonidan rasman qabul qilinişi kerak. Ungaça yana bir qança davlatlar uni qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.

Hujjatda Isroil tomoniga çaqiruvlar ham bor, deb yozadi dpa. Xususan, imzo çekkanlar yahudiy davlatidan Ğazo sektoridagi harbiy harakatlarni va Ğarbiy sohildagi yahudiy köçmançilar faoliyatini töxtatişni talab qilmoqda. Boşqa narsalar qatori, guruh mintaqada BMTning barqarorlaştiruvçi kuçlarini yaratişni qöllab-quvvatladi.