AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Rossiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda 31 iyul, payşanba kuni AQŞ yetakçisi Donald Tramp Oq uyda ma’lum qildi.

Tramp Uitkoffning rejalaştirilgan safari tafsilotlarini keltirmadi. Moskvaga avvalgi taşriflari çoğida u, xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgan.

Oq uy rahbari Rossiyaning Ukrainaga qarşi yangi hujumlarini «jirkanç» deb atadi va Moskvaga nisbatan ehtimoliy çeklov çoralari haqida e’lon qildi. «Biz sanksiyalar qöyamiz. U (Putin) sanksiyalar haqida öylayaptimi yoki yöqmi, bilmayman», — deya Trampning sözlarini keltirgan AFP.

Ayni paytda, Reuters xabar berişiça, AQŞ Senatining mablağlar böyiça qömitasi 31 iyul kuni Pentagonga 2026 yil 30 sentabrda yakunlanadigan moliyaviy yil uçun 852 milliard dollar (746 milliard yevro) ajratişni nazarda tutuvçi harbiy xarajatlar töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi, bu Tramp yil boşida söraganidan 2,6 foizga köpdir.