Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy taşrifi doirasida Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uçraşdi. Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Gruziya boş vazirining joriy yil mart oyida Özbekistonga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarboyjon boş vaziri Ali Asadov bilan uçtomonlama uçraşuv ötkazdi. Özaro manfaatli mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş va qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalari körib çiqildi. Eng avvalo, energetika, transport va logistika, sanoat va qişloq xöjaligi sohalarida kooperatsiya uçun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Amaliy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini işlab çiqiş uçun mazkur formatdagi muloqotlarni davom ettirişga kelişildi.

Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uçraşdi. Bölajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik doirasida Özbekiston-Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi. Özaro tovar ayirboşlaş izçil ortib borayotgani, sanoat, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yilda ötkazilişi rejalaştirilgan hukumatlararo komissiyalar yiğilişlari, Işbilarmonlar kengaşi, Hududlar forumi va qator madaniy tadbirlar natijadorligini ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.