AQŞ prezidenti Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida, agar YeI kelişuv böyiça öz investitsiya majburiyatlarini bajarişdan boş torsa, AQŞ YeIga nisbatan 35 foizlik bojlar joriy etişi mumkinligini ma’lum qildi.
«Ular (Yevropa Ittifoqi) tariflarini pasaytirdi. Ular 600 milliard dollar töladi va şu tufayli men ularning tariflarini 30 foizdan 15 foizga tuşirdim. Bir neça davlatlar menga kelib: «Nega YeI bizdan kam tölayapti?» deb söradi. Men şunday javob qaytardim: «Ular menga 600 milliard dollar berdi», — dedi Tramp YeI bilan tuzilgan kelişuv haqida.
Şu bilan birga, Tramp Yevropa Ittifoqining AQŞ iqtisodiyotiga sarmoya kiritişi haqidagi kelişuvni «sovğa» deb atadi. «Va bu sovğa, bu qarz emas. Ular bizga 600 milliard dollar berdi, biz xohlagan narsaga sarmoya kiritişimiz mumkin», — dedi Tramp. Dpa agentligi ta’kidlaganidek, Trampning bayonotlari Yevropa Ittifoqining kelişuv talqiniga zid.
Yevropa Komissiyasi veb-saytida aytilişiça, YeI AQŞdan 750 milliard dollarlik energiya taşuvçilar sotib olmoqçi va «Yevropa Ittifoqi kompaniyalari 2029 yilgaça AQŞ iqtisodiyotining turli tarmoqlariga kamida 600 milliard dollar sarmoya kiritişga qiziqiş bildirgan».












