AQŞ prezidenti Donald Tramp Hindistondan import qilinadigan tovarlarga 25 foiz miqdorida qöşimça boj joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjatda aytilişiça, çora Hindiston tomonidan Rossiya neftini sotib oliş davom etayotgani bilan boğliq, bu esa, AQŞ ma’muriyatining qayd etişiça, Rossiyaning Ukrainadagi uruşini moliyalaştirişga yordam beradi. Bojlar farmon imzolanganidan 21 kun ötib - 2025 yil 27 avgustdan kuçga kiradi.

Hujjatda qayd etilişiça, Hindiston hukumati «töğridan-töğri yoki bilvosita Rossiya neftini import qilmoqda», bu esa AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Yangi tariflar hind tovarlari uçun mavjud boj va yiğimlarga qöşimça ravişda amal qiladi. Faqat boşqa savdo çoralari ta’siriga tuşadigan yoki maxsus bojxona zonalarida joylaşgan tovarlar bundan mustasno. Xuddi şunday tariflar, hujjat matniga köra, Rossiya neftini sotib oluvçi boşqa mamlakatlarga nisbatan ham belgilanişi mumkin.

Avvalroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Hindistonni nafaqat katta miqdorda Rossiya neftini sotib olayotganlikda, balki uni oçiq bozorda katta foyda bilan qayta sotayotganlikda ham ayblagan edi. Uning sözlariga köra, Hindistonni Ukrainadagi uruş qurbonlari taşvişga solmayapti.

2024 yilda Amerika 87 mlrd dollarlik Hindiston mahsulotlarini import qilgan bölsa, Hindiston Amerika mahsulotlarini atigi 42 mlrd dollarga sotib oldi. AQŞ Hindistondan import qiladigan tovarlar asosini farmatsevtika mahsulotlari, telekommunikatsiya uskunalari va töqimaçilik mahsulotlari taşkil etadi.

Rossiyaning Hindiston neft importidagi uluşi 2017 yildagi 1 foizdan 2024 yilga kelib 30 foizga oşdi, bu esa Moskvani Nyu-Dehlining eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylantirdi.