Hindistonning davlat neftni qayta işlaş zavodlari Vaşington bosimining kuçayişi va qat’iy bojlar joriy etiş tahdidlari tufayli Rossiya neftini sotib olişdan boş tortmoqda, deb yozdi Bloomberg kompaniyalarning xarid rejalari bilan bevosita taniş bölgan şaxslarga tayanib.

Materialda aytilişiça, Indian Oil Corp., Bharat Petroleum Corp. va Hindustan Petroleum Corp. kabi kompaniyalar hukumatdan aniq körsatma olmagunça, yaqin davrda neftni spot xarid qilişdan vaqtinça voz keçişni rejalaştirmoqda.

Naşr manbalari bu qaror oktyabr oyida Rossiyaning Urals eksport neft markasini sotib olişga ta’sir etişini ham ma’lum qildi.

Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya neftini sotib olgani uçun jazo sifatida Hindiston tovarlariga qöşimça 25 foizlik boj joriy qilgan edi. Oq uy rahbari Nyu-Dehlini Rossiya uruş maşinasini moliyalaştirişda aybladi.

Qayd etilişiça, bu keskinlik uşbu haftadagi fyuçerslarga ta’sir körsatgan, çunki treyderlar yetkazib berişda uzilişlar bölişi ehtimolini, şuningdek, agar Hindiston neftni qayta işlaş zavodlari kamroq neft sotib olişni boşlasa, Moskvaning muqobil xaridorlarni topişi mumkinligini istisno qilmayapti. 7 avgust holatiga köra, Brent nefti narxi deyarli özgarmadi va bir barrel uçun taxminan 67 dollarni taşkil etdi.

Naşrning yozişiça, rasmiy Nyu-Dehli neftni qayta işlaş zavodlariga Rossiya neftini sotib olişni töxtatiş böyiça heç qanday körsatma bermagan. Bundan taşqari, Hindiston boş vaziri Narendra Modi hukumati Trampning bojlariga qarşi çiqdi.

Ma’lumotlarga köra, eng qizğin davrda Hindiston kuniga 2 million barreldan ortiq Rossiya neftini import qilgan, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan oldin esa import deyarli nolga teng edi.