Perplexity SI qidiruv tizimi Google’ga Chrome’ni 34,5 mlrd dollarga sotib olişni taklif qildi. Bloomberg naşrining xabar berişiça, Perplexity sun’iy intellekt qidiruv tizimi Alphabet kompaniyasiga, agar unga qarşi monopoliyaga qarşi da’vo qanoatlantirilsa, Chrome brauzerini 34,5 mlrd dollarga sotib oliş töğrisida rasmiy taklif yöllagan. Bir neçta yirik investitsiya fondlari uşbu bitimni töliq moliyalaştirişga rozilik ham bildirgan.
Kompaniya brauzerga heç qanday “yaşirin özgartirişlar” kiritmaslikka va’da berdi.
Agar taklif qabul qilinsa, Perplexity ikki yil içida Chrome va Chromium’ga 3 mlrd dollar sarmoya kiritadi va iqtidorli xodimlarining katta qismini iş bilan ta’minlaydi.
Şu bilan birga, Google “monopoliyaga qarşi xavflardan qoçiş uçun” Perplexity’dan uluş olmaydi.
Avvalroq agar AQŞ Adliya vazirligining boş kompaniyadan ajralib çiqiş töğrisidagi taklifi qabul qilinsa, Google Chrome brauzerini 20 mlrd dollarga sotişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilişiça, bu qaror eng yirik texnologik kompaniyalardan biriga nisbatan tarixiy bosim çorasi bölişi mumkin.
Avvalroq Bloomberg AQŞ Adliya vazirligi sud orqali Google’ni Chrome brauzerini sotişga majburlamoqçi ekani haqida xabar bergan edi.
Bundan taşqari, agentlik qidiruv natijalarida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan javoblar uçun boşqa kontentdan foydalanişni çeklaş, şuningdek, Android operatsion tizimini boşqa Google xizmatlaridan, jumladan, Google Play ilovalar dökonidan ajratişni taklif qildi.
Avgust oyida Vaşingtondagi okrug sudi Google qidiruv tizimlari bozorida qurilma işlab çiqaruvçilari va veb-brauzerlar bilan özlarining mahsulotlarida öz qidiruv tizimidan foydalaniş böyiça kelişuvlar bilan monopoliyani örnatiş ortidan qonunçilikni buzgan deb topdi.
Sud bunday «milliardlab» bitimlar boşqa internet qidiruv tizimlari uçun raqobatni qiyinlaştiradi, deb hisobladi.
Avgust oyi örtalarida Adliya vazirligi texnologik gigantni böliş imkoniyatini körib çiqayotgan edi.
Eng köp muhokama qilingan variantlar orasida Android operatsion tizimi, AdWords va Chrome sotuvi bor edi.
Biroq Google’ning özi taklif qilingan böliniş haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Öşa paytda yangi monopoliyaga qarşi holat qayd etilmagan.
Uşbu qaror Meta, Amazon va Apple kabi boşqa yirik texnologiya kompaniyalari uçun ham namuna bölişi mumkin.
Masalan, Yevropa Komissiyasining yaqinda yuz bergan işi va qaroridan söng Apple uçinçi kompaniyalarga kontaksiz tölovlarni amalga oşiriş va örnatilgan ilovalarni öçirişga ruxsat berişga majbur böldi.
Google’ning ta’kidlaşiça, bunday natija bozorga zarar yetkazişi, narxlarning oşişi va innovatsiyalarni sekinlaştirişi mumkin. Kompaniya, şuningdek, Meta kabi raqobatçilarga işora qiladi va reklama beruvçilarning köplab muqobil variantlari borligini aytadi.
AQŞ Adliya vazirligi YouTube boş direktorini söroq qilişni va kompaniya reklama bölimining sobiq va amaldagi rahbarlari körsatmalarini tinglaşni rejalaştirmoqda.
Agar Adliya vazirligi haq bölib çiqsa, Google nafaqat öz biznesining bölinişi, balki tovon talab qiladigan reklama beruvçilarning sud jarayonlari tölqiniga duç kelişi mumkin.
Bernstein tahlilçilari Google’ning umumiy moliyaviy yöqotişlari 100 mlrd dollargaça yetişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Bu sönggi ikki oy içida Google’ga qarşi qözğatilgan ikkinçi monopoliyaga qarşi işdir. Avgust oyida sud kompaniyaning internet qidiruv bozoridagi monopoliyasini noqonuniy saqlab qolgani haqida qaror çiqargan. Bu sönggi 20 yildagi eng yirik monopoliyaga qarşi qaror edi.












