Özbekiston harbiy harakatlar boşlanganidan buyon mojaroni xalqaro huquq normalari asosida tinç yöl bilan tezroq hal etiş tarafdori bölib kelmoqda.
2023 yil 3 noyabr kuni prezident Ş.Mirziyoyev tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni töxtatişga, öt oçişni töxtatişga va gumanitar maqsadlarda sulhga ötişga çaqirdi.
Uning sözlariga köra, bu muammoning yagona va eng adolatli yeçimi "ikki xalq uçun ikki davlat" tamoyili asosida qabul qilinişi kerak. BMT rezolyutsiyalarida belgilanganidek, Falastin xalqi mustaqil davlat tuziş huquqiga ega.
2023 yil noyabr oyida Ş.Mirziyoyev BMTning Yaqin Şarq agentligiga (UNRWA) Ğazo sektoridagi falastinlik qoçqinlarga yordam beriş uçun 1,5 million dollar ajratiş töğrisidagi qarorni imzolagan edi.
2024 yil 26 dekabr kuni 100 nafar yaralangan falastinlik ayollar va bolalar kuzatuvçilari bilan birga Rafahdan Özbekistonga evakuatsiya qilindi. Falastindan Özbekistonga olib kelingan fuqarolarning munosib hayot keçirişi uçun barça zarur şaroitlar yaratildi.
Ular vaqtinça yaşaş joylariga joylaştirildi, tibbiy körikdan ötkazilib, kerakli dori-darmonlar va kundalik ehtiyojlar bilan töliq ta’minlandi.
Özbekiston rahbariyati qilingan işlar bilan çeklanib qolmasdan, falastinlik mehmonlarning jamiyatimizga moslaşa olişlariga yanada kömak beriş uçun qöşimça çoralar körişga qaror qildi.
Şu munosabat bilan joriy yilning 14 avgust kuni bu yönalişda alohida çora-tadbirlardan iborat prezident farmoni qabul qilindi. Uning maqsadi – Özbekistondagi falastinlik fuqarolarga davlat ğamxörligi, mehr-şafqat tamoyillari asosida kömak beriş tizimini yölga qöyişdan iborat.
Hujjatda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh falastinliklarga manzilli yordam körsatiş közda tutilgan. Xususan, ularga ijtimoiy va tibbiy xizmatlar, ta’lim oliş va işga joylaşiş kabi imkoniyatlar berilişi belgilandi.
Jumladan, mehmonlarni jamiyatimizga integratsiya qiliş işlarini jadallaştiriş, ularning ehtiyojlarini aniqlaş işlarini taşkil qiliş uçun davlat muvofiqlaştiriş mexanizmi yaratilmoqda.
Falastin fuqarolarining Özbekistonda tez va munosib moslaşuvini ta’minlaş maqsadida maxsus Respublika komissiyasi tuzilib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi.
Birinçidan, mehmonlar uçun yaratilgan imkoniyatlar töliq amalga oşirilişi uçun davlat organlari va taşkilotlarining işi muvofiqlaştiriladi.
Ikkinçidan, mehmonlarning mamlakat böylab joylaşuvi taşkil etilib, ularni manzilli ravişda örnaştiriş va bu jarayon bilan boğliq taşkiliy masalalar tezkor hal qilinadi.
Uçinçidan, komissiya mehmonlarning jamiyatga uyğunlaşuviga doir masalalarni doimiy ravişda muhokama qilib, mavjud muammolar va tösiqlarni bartaraf etiş yöllarini izlaydi.
Törtinçidan, Respublika komissiyasi bir oy içida mehmonlarning ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarni örganib, har bir oila uçun ijtimoiy xizmatlar va yordam körsatiş böyiça aniq rejalar işlab çiqadi va tasdiqlaydi.
Komissiyaning işçi organi sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi belgilanmoqda.
Mahalla darajasida mehmonlar bilan bevosita işlar “mahalla yettiligi” va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan amalga oşiriladi. Bu borada mehmonlarni mahallaning ma’naviy muhitiga uyğunlaştiriş böyiça “mahalla yettiligi” va boşqa vakillarga qöşimça vazifalar yuklatildi.
Şuningdek, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoşlar işlari agentligi va Oila va xotin-qizlar qömitasi bir oy içida “mahalla yettiligi”ga yuklatilgan yangi vazifalarga asoslanib, içki dasturlarni işlab çiqadi va reja-jadvalga muvofiq zarur çoralarni amalga oşiradi.
Uşbu yondaşuv mehmonlarni samarali qöllab-quvvatlaş va ularning yangi muhitga tez moslaşişini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Farmon bilan falastinlik mehmonlarni ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab oliş ham nazarda tutilmoqda.
Mehmonlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş uçun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
– Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda ikki oy içida nogironlikka olib keluvçi kasalliklarga çalingan mehmonlarga qonunda belgilangan davolaniş muddatidan qat’i nazar nogironlik statusini berişni ta’minlaydi;
– ikki hafta içida yetarli iş stajiga ega bölmagan keksa mehmonlarga nafaqa tayinlaşni yölga qöyadi.
Bundan taşqari, mehmonlar uçun qöşimça imtiyozlar belgilandi:
– har bir mehnat yoşidagi mehmonga (I va II guruh nogironlaridan taşqari) har oy minimal iste’mol xarajatlari miqdorida yaşaş nafaqasi tölanadi;
– mehmonlar oilalariga yaşaş joyi uçun ijara xarajatlari qoplab beriladi;
– farzand tuğilganda va dafn marosimi uçun beriladigan bir martalik nafaqalar Özbekiston fuqarolariga tölanadigan miqdorda amalga oşiriladi;
– har bir oilaga birlamçi zaruriy vositalar (nooziq-ovqat mahsulotlari) xaridi uçun bir martalik kötarma puli tölanadi;
– har bir oilaga individual yordam körsatiş uçun mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi, u oilaning ehtiyojlari va talablarini qondirişga kömaklaşadi.
Bu çoralar mehmonlarning turmuş darajasini yaxşilaş va ularga köproq e’tibor qaratişga xizmat qiladi.
Farmonda alohida urğu falastinlik mehmonlarning farzandlarini ta’limga jalb qilişga berilgan.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi mehmonlar farzandlarining ta’lim olişiga kömaklaşadi:
– mehmonlar yaşaydigan joyga qarab, bolalarni davlat maktablari va bolalar boğçalariga joylaştiradi;
– har bir bolaning öquv va tarbiya jarayoniga moslaşişi uçun maktab va boğçalardagi rahbar örinbosarlarini mas’ul qilib tayinlaydi;
– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda bolalarning ta’limga könikişi va ularning rivojlanişini doimiy nazorat qiliş çoralarini köradi.
Bu qadamlar mehmonlar farzandlariga yurtimizda yaxşi ta’lim oliş va muhitga tez moslaşiş imkonini beradi.
Mehmonlar va ularning farzandlariga ta’lim sohasida qulaylik yaratiş maqsadida quyidagi işlar amalga oşiriladi:
– bolalar boğçalarida imtiyozlar.
Mehmonlarning farzandlari davlat bolalar boğçalariga bepul qabul qilinadi. Ota-onalar 2028 yil 1 yanvargaça boğça xizmatlari uçun tölovdan ozod qilinadi;
– navbatsiz joylaştiriş.
Mehmonlarning bolalari davlat boğçalari va maktablariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomasi asosida navbatsiz qabul qilinadi;
– qöşimça ta’limda imkoniyatlar.
Mehmonlar farzandlariga maktablarda qöşimça ta’lim (kasb-hunar, axborot texnologiyalari va oliy ta’limga tayyorgarlik) bepul taqdim etiladi. Bu xarajatlar töliq davlat budjeti hisobidan qoplanadi;
– xorijiy diplomlarni tez tan oliş.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mehmonlarning xorijda olingan ta’lim hujjatlarini 2 oy içida tessiz va yiğimsiz tan oladi.
Uşbu çoralar mehmonlar va ularning oilalariga Özbekistonda ta’lim oliş va muhitga tez moslaşiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Farmon bilan, şuningdek, falastinlik mehmonlarning soğliğini qöllab-quvvatlaş ham nazarda tutilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi mehmonlarni yaşaş joyiga yaqin oilaviy şifokor punktlari, poliklinikalar va tuman (şahar) markaziy poliklinikalarida röyxatga olişni ta’minlaydi.
Mehmonlarga davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam körsatişda kambağal oilalarga beriladigan imtiyozlar qatorida yordam yöllanmalari ajratiladi.
Bu çoralar mehmonlarga tez va sifatli tibbiy xizmat oliş imkonini beradi.
Farmonda falastinlik mehmonlarga Özbekistonda iş, kasbiy bandlik masalasida ham yordam beriş alohida topşiriq sifatida körsatib ötilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi bir oy içida mehmonlarning iş topişiga yordam beriş va ularga zamonaviy kasb-hunar örgatiş böyiça takliflar tayyorlaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Markaziy bank, Xalq banki va boşqa tijorat banklari mehmonlarni tadbirkorlikka jalb qiliş uçun amaliy çoralar köradi. Bu borada “Oilaviy tadbirkorlik”, “Kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş”, “Biznesga birinçi qadam” va “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturlaridan foydalaniladi.
Mehmonlarga moliyaviy yordam körsatiş, buyurtmalar qabul qiliş va ajratilgan mablağlarning sarflanişini nazorat qiliş mahalla bankirlari va hokim yordamçilari zimmasiga yuklanadi.
Farmonda, şuningdek, falastinlik mehmonlarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş bilan boğliq barça işlarni moliyalaştiriş ham nazarda tutilgan va uning mexanizmi belgilangan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoşida maxsus jamğarma taşkil etiladi. Uşbu jamğarma mehmonlarning ehtiyojlarini qondiriş va ularga kömaklaşiş uçun moliyaviy manba bölib xizmat qiladi.
Jamğarma qanday şakllanadi?
– yuridik va jismoniy şaxslarning xayriya va homiylik yordamlari;
– xalqaro taşkilotlarning grantlari va qonunda taqiqlanmagan boşqa manbalar;
– jamğarmaning vaqtinça işlatilmagan pullarini bank depozitlariga qöyişdan olinadigan foizlar.
Pul qayerga sarflanadi?
– mehmonlar uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş va xizmatlarni taşkil etişga;
– turli xarajatlarni qoplaş va qöllab-quvvatlaş tadbirlariga;
– moddiy yordam va ijtimoiy yordam çoralarini amalga oşirişga.
Bu jamğarma mehmonlarning muammolarini yengillaştiriş va ularga yanada yaxşi şaroitlar yaratişga xizmat qiladi.
Maxsus jamğarma qanday boşqariladi?
Mehmonlarni qöllab-quvvatlaş uçun taşkil etilgan maxsus jamğarma mablağlari Respublika komissiyasining qaroriga köra sarflanadi. Xarajatlar yönalişlariga özgartiriş kiritiş ham faqat şu komissiya qarori bilan amalga oşiriladi.
Mehmonlarga jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan berilgan uy-joy yoki transport vositalari kabi mol-mulklar mahalliy hokimliklar balansiga ötkaziladi va ularni boşqariş Respublika komissiyasiga yuklatiladi.
Bu tartib jamğarmadan foydalanişda oçiqlik va tartib-intizomni ta’minlaydi, mehmonlarga yordam esa yanada uyuşqoqlik bilan amalga oşiriladi.
Falastinlik fuqarolarni qöllab-quvvatlaş çoralari nafaqat rahm-şafqat akti, balki mamlakatning gumanitar sohadagi işonçli hamkor sifatidagi xalqaro imijini mustahkamlaş yölidagi strategik qadamdir.
Uşbu taşabbuslar Özbekistonning insonparvarlik siyosati, qadriyatlariga sodiqligi va falastinliklarga nafaqat vaqtinça yordam, balki ularning jamiyatga tölaqonli integratsiyasi uçun mustahkam poydevor yaratişga xizmat qiladi.











