24-sentabr kuni BMT Boş Assambleyasida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu nutq sözladi. Reuters’ning yozişiça, u öz çiqişida Isroilning mintaqadagi xatti-harakatlarini himoya qilişga urindi.

Netanyahu minbarga çiqqanida, uni norozilik huştaklari bilan kutib olişdi va zaldagi köplab diplomatlar ötgan yildagidek taşqariga çiqib ketdi. Şu bilan birga, Isroil rahbarining tarafdorlari «Isroil xalqi yaşamoqda» degan maʼnoni anglatuvçi şiorini aytişni boşladi.
Netanyahu öz nutqidan Nyu York meri Zohran Mamdani va Ğarbiy Yevropa yetakçilarini qattiq tanqid qiliş, şuningdek, Qatar va Turkiyani Isroil haqida yolğon tarqatişda ayblaş maqsadida foydalandi.
«Siz bu yerga kelişimni töxtatişga urindingiz. Meni jim qilişga urindingiz. Biroq siz meni jim qila olmaysiz», dedi Netanyahu Mamdani haqida.

Mamdani öz lavozimiga saylaniş kampaniyasida agar Netanyahu AQŞning eng yirik şahriga taşrif buyursa, ehtimoliy harbiy jinoyatlari uçun uni hibsga olişga vaʼda bergandi. Biroq keyinçalik buning uçun özida huquqiy vakolat yöqligini aniqlaganini aytdi.

Netanyahuning çiqişlariga javoban Mamdani uning özini BMTdagi nutqidan «falastinliklarga qarşi genotsidini oqlaşga qaratilgan asossiz yolğonlarni takrorlaş» uçun foydalanganlikda aybladi.


















