«Özbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat ğamxörligi, mehr-şafqat tamoyillari asosida kömak beriş tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmon qabul qilindi.
Unga köra, falastinliklarning har bir oilasiga birlamçi zaruriy vositalar (oilada işlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari töplami) xaridi uçun bir martalik kötarma pul tölab beriladi.
Falastinliklarning oila a’zolariga şaxsiy hamrohlik qiliş va individual kömak beriş maqsadida mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi.
Falastinliklar yaşaş manzillari böyiça ularning farzandlari davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari va maktablarga joylaştiriladi.
Falastinliklar davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bolalar ta’minoti uçun ota-onalar tölovidan 2028 yil 1 yanvarigaça ozod etiladi. Ularning farzandlari davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari va maktablarga navbatga qöyilmagan holda, «Inson» markazlari talabnomasi asosida joylaştiriladi.
Falastinliklarning yaşaş manzillari böyiça oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalarida hisobga qöyiladi.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 26 dekabr kuni falastinlik oilalarning bir guruhi Rafahdan Özbekistonga evakuatsiya qilingan edi. Ular davolaniş va salomatligini tiklaş uçun reabilitatsiya markazlari va şifoxonalarga joylaştirilgan.












