Trampning aytişiça, uruşning kelajagi endi Zelenskiyga boğliq. U duşanba kuni Ukraina prezidentini Oq uyda kutyapti. Xöş, AQŞdan yana bosim bölgan taqdirda, Ukraina yon berişga majbur bölişi mumkinmi? Kun.uz suhbatlaşgan siyosatşunoslar Bektoş Berdiyev va Alouddin Komilov bu borada turliça fikrga ega.

Tramp va Putin uçraşuvidan keyingi dastlabki xulosalar bilan Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Bektoş Berdiyev va Alouddin Komilov mehmon böldi.

Bektoş Berdiyev: AQŞning pozitsiyasi aniq, Rossiyaning şartlari ham ma’lum. Zelenskiy masalasida Moskva boşidanoq qat’iy pozitsiyada turgan. Lekin Donald Trampning yondaşuvi qanday bölişini hali bilmaymiz. Çunki u faqat Zelenskiyga emas, Putinga ham, hatto butun dunyoga şart qöyişga qodir bölgan imkoniyat va vakolatga ega siyosatçi sifatida özini körsatmoqda. Trampning siyosatidagi eng muhim jihat – öta özgaruvçanligi. Bugun aytgan sözi ertaga özgarişi va hattoki butunlay teskarisiga aylanişi mumkin. Şu sababli u Zelenskiyga ham turli takliflar yoki bosim şaklidagi şartlarni qöyişi ehtimoldan xoli emas. Masalan, u şunday deyişi mumkin: “Men sen uçun Putin bilan uçraşdim, Yevropaga bosim ötkazdim, lekin sen iroda körsatmasang, buning ma’nosi yöq, endi sen ham Putin bilan kelişişing kerak”.

Bu – Zelenskiy uçun nihoyatda murakkab vaziyat. Çunki u avvaldan “Ukrainaning bir qariçini ham bermayman” deb qat’iy pozitsiya bildirgan. Aslida ham uning imzo qöyişga vakolati çeklangan, çunki Ukrainada kuçli fuqarolik jamiyati mavjud. Kim hudud böyiça murosaga imzo qöysa, ertami-keçmi sud oldida javob berişi aniq. Şu sababli Zelenskiy bunday şartlarni qabul qilişi oson emas.

Hozirça qanday şartlar qöyilişi noma’lum, lekin Tramp albatta Zelenskiy bilan bevosita va batafsil muloqotga kirişadi. Bu muloqotning qançalik keskin yoki yumşoq bölişi esa keyingi siyosiy jarayonlarga boğliq.

Alouddin Komilov: Men bu masalada biroz boşqaça fikrdaman. Avvalo, Ukraina siyosiy tizimi Rossiyadan keskin farq qiladi. U yerda fuqarolik jamiyati hali juda kuçli emas, ammo rivojlanib boryapti. Şunga qaramay, AQŞ heç qaçon Ukrainani öziga teng davlat sifatida körmagan va bundan keyin ham körmaydi. Ular köplab masalalarda Ukrainaga quloq soladi deb öylamayman. Xalqaro munosabatlarda sud yoki bosim mexanizmlari bölişi mumkin, lekin Amerika odatda hatto katta ittifoqçilarini ham köp masalalarda tinglamaydi.

Masalan, 1979 yilda Eronda şoh tuzumi ağdarilgaç, uning oilasi AQŞda panoh topdi. Yoki Turkiya NATOda Amerikadan keyingi eng kuçli davlatlardan biri. Lekin hozirgi hukumatning oppozitsion yetakçilari Amerikada yaşaydi. Turkiya uni qaytarişni neça bor talab qilgan bölsa-da, AQŞ bermadi. Bu misollar şuni körsatadiki, AQŞ öz manfaatlarini birinçi öringa qöyadi va ittifoqçilari bosimiga ham böysunmaydi.

Xuddi şunday vaziyat Ukrainaga ham tatbiq etilişi mumkin. Masalan, Tramp hududlar almaşiş yoki muzokaralar haqida gapirsa, bu aslida siyosiy bosimning bir şakli. “Qurol bermaymiz, yordamni qisqartiramiz, sen esa şartlarga könişing kerak” degan yondaşuv paydo bölişi mumkin. Yevropa ham, Amerika ham Zelenskiyga turli narrativlar orqali bosimni kuçaytiryapti. Bunga qöşimça ravişda, Ukrainada içki bosim ham ortmoqda. Yaqinda ukrainlar orasida bölib ötgan sörovnomalarga köra, uruşni davom ettiriş tarafdorlari 70 foizdan 27 foizga tuşib ketgan. Bu esa Zelenskiy uçun oğir sinov. Endi köp narsa uning xarakteri, qat’iyati va bosimlarga doş bera olişiga boğliq. Ukraina hududiy yaxlitligini saqlab qolişi ham, kelajagi ham prezidentining iroda va qarorlariga çambarças boğlangan.

Suhbatni töliq şaklda YouTube'da tomoşa qilişingiz mumkin.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.