Pentagonning siyosiy masalalar böyiça yuqori martabali vakili ittifoqçilarning kiçik guruhiga AQŞ Ukrainaga har qanday xavfsizlik kafolatlarini berişda minimal rol öynaşni rejalaştirayotganini aytdi. Bu haqda Politico yozdi.

Qayd etilişiça, bu Yevropa Ukrainada barqaror tinçlikni saqlaş yukini öz zimmasiga olişiga töğri kelişining eng aniq belgilaridan biridir.

Naşr ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Finlyandiya mudofaa idoralari rahbarlari Amerika tomonidan Ukrainani Rossiya bilan tinçlik kelişuviga erişişda qöllab-quvvatlaş uçun qanday qöşinlar va havo kuçlari bilan ta’minlaşi haqida ma’lumot berişni söragan.

Rasmiylarning aytişiça, uşbu uçraşuv va NATO yetakçilarining 20 mart kuni şoşilinç ravişda taşkil etilgan yana bir uçraşuvi ittifoqçilarda AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya bosqinini yakunlaganidan keyin uzoq muddatli tinçlikni ta’minlaşda Yevropaga tayanişi borasidagi xavotirlarni kuçaytirdi.

«Buni joylarda aynan Yevropa amalga oşirişi tobora aniq bölib bormoqda. AQŞ heç narsaga töliq sodiq emas», dedi muzokaralar jarayonidan xabardor bölgan NATO diplomati.

Şu bilan birga, ba’zi Yevropa rasmiylari bu haftadagi uçraşuvlar murakkab muzokaralar va «savdolar» seriyasining «birinçi tölqini» ekani haqida ogohlantirdi, çunki Yevropa tinçlikni saqlaş böyiça keng kölamli va qimmatga tuşadigan vazifaga duç kelmoqda.

Oq uyda bölib ötgan uçraşuvda iştirok etgan NATO boş kotibi Mark Ryutte alyansga a’zo 32 davlatni muzokaralar haqida xabardor qilgan va xavfsizlik kafolatlarini umumiy tarzda muhokama etişni boşlagan.

18 avgust kuni Tramp AQŞ qöşinlarini Ukrainaga yuborişga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo bir kun ötgaç, u öz niyatidan voz keçib, buning örniga Yevropa qöşinlariga havodan yordam berişga tayyorligini aytdi.