Yevropa Ittifoqi joriy yilning birinçi olti oyida Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining YeI hududida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tuşgan mablağdan Ukrainaga 10,1 milliard yevro ötkazdi. Bu haqda Welt am Sonntag gazetasi Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Uşbu xabar gazeta saytida e’lon qilindi.

Ta’kidlanişiça, Bryusseldan olingan mablağlar Ukrainada ham fuqarolik, ham harbiy loyihalarni rivojlantirişga yönaltiriladi. Xususan, joriy yilning mart, may, iyun va iyul oylarida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hukumati Rossiyaning Yevropa Ittifoqi hududida muzlatilgan aktivlaridan tuşgan daromaddan bir milliard yevrodan olgan. Yanvar oyida bu miqdor 3 milliard yevroni, aprelda 3,1 milliard yevroni taşkil qilgan.

2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli harbiy bostirib kirişi boşlanganidan söng, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning umumiy qiymati 210 milliard yevroga teng aktivlarini muzlatib qöydi. Bu mablağlar Yevropaning eng yirik markaziy depozitariysi bölgan Euroclear tomonidan boşqariladi.

Rossiya rasmiylari muzlatilgan aktivlardan olinadigan foydadan foydalanilişiga qat’iyan qarşi. Euroclear'ga hozirda muzlatilgan Rossiya aktivlari, şu jumladan tadbirkorlar va boşqa sanksiyalangan şaxslar bilan boğliq 100 dan ortiq da’volar berilgan. Euroclear'ga yaqin manbalarga köra, Rossiya allaqaçon Euroclear mijozlarining Moskvadagi Rossiya markaziy depozitariysiga tegişli 33 milliard yevrolik aktivlarini musodara qilgan.