Samarqandda Elxolding korxonasi tomonidan Eldosh brendi ostida çiqindilarni taşiş uçun möljallangan uç ğildirakli sanitar mototsikllarning işlab çiqarilişi yölga qöyildi.

Çiqindilarni boşqariş agentligi xabariga köra, korxonada bu yönalişda qöşimça 100 ga yaqin iş örni yaratilgan.

Qayd qilinişiça, motorollerlarning benzin va elektromotorli turlari mavjud. Ular şahar mahallalaridagi tor köçalarda ham bemalol harakatlanib, çiqindilarni taşib çiqişi mumkin.

Benzinli motoroller 6 litr benzin sarfi bilan 1 tonnagaça çiqindini 100 km masofaga taşiydi.

Elektromotorli motorollerlarda esa 150 amperli 72 voltli quvvatlagiç joylaştirilgan bölib, 1 tonna yukni 60-80 km masofaga taşib boriş xususiyatiga ega.