Moskva Volodimir Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimida ğayriqonuniy mavjudligi haqida gapirganda, «öyin» qilmoqda, bunday sözlarni jiddiy qabul qilmaslik kerak. Bu haqda 26 avgust, seşanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda AQŞ prezidenti Donald Tramp aytdi.

Jurnalistlardan biri Moskva Zelenskiyning qonuniyligi haqidagi fikrini AQŞ prezidentiga bildirganmi, deb söradi. Jurnalist Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning bir neça kun oldin aytgan sözlarini eslatib ötdi, unga köra Moskva Zelenskiyning ehtimoliy tinçlik bitimini imzolaşga vakolati yöq deb hisoblaydi.

«Nima deyişi muhim emas. Hammasi bema’nilik. Ularning hammasi ma’lum bir pozitsiyada. Hammasi bema’nilik. Hammasi öyin qilyapti», — deb javob berdi Tramp. U zalda bölgan maxsus elçi Stiv Uitkoffdan bu haqda qanday fikrda ekanligini söradi. "Men sizning fikringizga qöşilaman, ser", - deb javob qildi Uitkoff.