BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissariyati (OHCHR) – 1993 yilda taşkil etilgan va inson huquqlarini tarğib qiliş hamda himoya qiliş bilan şuğullanadi. Uning Jyenevadagi boş idorasiga qilingan murojaatni taxminan 2 000 global xodimining çorak qismi qöllab-quvvatlagan.

Reuters naşri tasdiqlagan xatda aytilişiça, xodimlar deyarli ikki yildan beri davom etayotgan Isroil-Hamas uruşi böyiça genotsidning huquqiy mezonlari bajarilgan deb hisoblaydi. Ular bu fikrni hujjatlaştirilgan huquqbuzarliklarning kölami, miqyosi va xarakteri bilan asoslagan.

«BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissarligi genotsidni qoralaş borasida kuçli huquqiy va axloqiy majburiyatga ega», deyiladi xatda. Bu xat 500 dan ortiq xodim nomidan xodimlar qömitasi tomonidan imzolangan bölib, Bolker Tyurkni «aniq va oçiq pozitsiya» bildirişga çaqirgan.

«Davom etayotgan genotsidni qoralamaslik BMTning işonçliligi va inson huquqlari tizimini yemiradi», deyiladi xatda.

Bolker Tyurk / Foto: UNNewsroom

Ğazoda Isroilning harakatlarini bir neça bor qoralagan va tobora kuçayib borayotgan jinoyatlar xavfi haqida ogohlantirgan Tyurk esa xat muhim masalalarni kötarganini bildirdi.

«Men hammamiz guvoh bölayotgan dahşatlardan kelib çiqqan axloqiy ğazab tuyğusini va xalqaro hamjamiyatning bu vaziyatni töxtata olmayotganidan kelib çiqayotgan umidsizlikni his qilayotganimizni bilaman», degan u javob xatida. Şuningdek, u xodimlarni «bunday qiyinçilik qarşisida idora sifatida birlaşib qolişga» çaqirdi, deb yozmoqda Reuters.

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning aytişiça, boş kotib Antonio Guterriş Oliy komissarni töliq va sözsiz qöllab-quvvatlaydi. U qöşimça qilib şunday dedi: «Biror voqeani genotsid deb ataş vakolati faqat huquqiy organlarga tegişli».

Isroil Taşqi işlar vazirligi esa BMT içki xodimlarining xatlariga «ular Isroilga nisbatan kör-körona nafrat bilan yöğrilgan bölsa ham» javob bermasligini bildirdi. Isroil ilgari ham Ğazodagi genotsid ayblovlarini rad etgandi.

Inson qöli bilan yaratilgan falokat

Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligining ma’lumotiga köra, Isroil hujumlari natijasida hududda qariyb 63 ming odam halok bölgan. Global oçarçilik monitoring tizimi esa hududda rasman oçarçilik boşlanganini qayd etgan.

Foto: Anadolu

Amnesty International kabi köplab huquqiy taşkilotlar allaqaçon Isroilni genotsidda ayblagan. BMTning mustaqil eksperti Françeska Albaneze ham bu atamani işlatgan. Biroq BMTning özi hali «genotsid» sözini rasmiy ravişda qöllamagan. BMT rasmiysi «genotsidni belgilaş xalqaro sudlarning vazifasi» ekanini aytib keladi.

2023 yilda Janubiy Afrika Isroilning Ğazodagi harakatlariga doir genotsid işi bilan Xalqaro sudga murojaat qilgan edi. Ammo işning mohiyati hali körib çiqilmagan, bu jarayon yillar davom etişi mumkin.