Özbekiston demokratik islohotlar yölidan ortga qaytmaydi, dedi prezident Şavkat Mirziyoyev milliy istiqlolning 34 yilligi munosabati bilan xalqqa yöllagan tabrigida.

“Oldimizda qanday sinov va maşaqqatlar paydo bölmasin, biz demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, xalqimizni rozi qiliş yölidan aslo ortga qaytmaymiz. Boşlagan buyuk işlarimizni albatta oxiriga yetkazamiz”, – dedi davlat rahbari Yangi Özbekiston boğidagi tantana oldidan sözlagan nutqida.

“Afsuski, dunyoda turli tahdid va xatarlar köp. Ammo ularga qarşi birgalikda, bir tanu bir jon bölib kuraşsak, albatta yengamiz”, – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning taşqi siyosat pozitsiyasi qandayligini yana bir bor eslatib ötdi.

“Eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan köp asrlik döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va özaro işonç ruhidagi aloqalarimizni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqamiz.

Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay hamkorlik taşkiloti mamlakatlari bilan an’anaviy, keng qamrovli va strategik şeriklik aloqalarini yanada kengaytiramiz.

AQŞ, Yevropa va boşqa rivojlangan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş, keng kölamli şeriklik va amaliy aloqalarni mustahkamlaymiz.

Janubiy Osiyo, Yaqin va Örta Şarq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan yangi va istiqbolli yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlik uçun transport-logistika yölaklarini yaratişga alohida e’tibor qaratamiz.

Afğoniston mintaqaviy va global xavfsizlikning muhim omili ekanidan kelib çiqib, uşbu mamlakatning hukumati bilan konstruktiv va amaliy hamkorlik olib boriş zarur, deb bilamiz.

Biz Falastin xalqi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, özining mustaqil davlatini barpo etiş huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, moliya institutlari bilan yaqin hamkorlik ham doimiy e’tibor markazida bölişini ta’kidladi.