Taqdimotda Niğde viloyat çorvadorlar va fermerlar uyuşmasi rahbarlari hamda a’zolari qatnaşdi.
Uyuşma raisi B.Guney tadbir avvalidagi nutqida uyuşma 14 000 dan ortiq a’zolarni birlaştirişini, ular asosan Yevropa mamlakatlaridan keltirilgan nasldor çorva mollari, sut va göşt mahsulotlari yetiştirişini ta’kidladi.
Qayd etilişiça, mazkur sohada kadrlar va işçi kuçining yetişmasligi çorvadorlarning oldida turgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. "Bugungi kunda hududda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş va çorvaçilik sohasidan 200 nafardan ortiq işçi kuçiga ehtiyoj bor, – dedi uyuşma raisi. – Uyuşma a’zolari uşbu ehtiyoj örnini töldiriş, bu orqali sohani yanada rivojlantiriş maqsadida Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyor".
Niğtaş A.Ş. kompaniyasi boş direktori örinbosari Xamdi Aruk haydovçi, payvandçi, zootexnik, veterinar kabi mutaxassisliklar böyiça işçi kuçiga ehtiyoj borligini bildirdi. U mazkur mutaxassisliklar böyiça 100 nafardan ortiq Özbekiston fuqarolarini işga jalb etişga tayyorligini tasdiqladi.
"Turkiya mehnat qonunçiligida iş beruvçilar öz korxonasida nogironligi bölgan şaxslar bandligini ta’minlaş majburiyati belgilangan. Şu bois, Özbekistondan öz sohasining yetuk mutaxassisi va mehnatga yaroqli bölgan imkoniyati çeklangan şaxslarni ham işga qabul qilişimiz mumkin. Şuningdek, kompaniyaning çorvaçilik fermalaridagi böş iş örinlarga 20 kişining bandligi ta’minlaş imkoniyati bor", – dedi Xamdi Aruk.












