Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasining (GUR) uçuvçisiz uçoqlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan qöşib olingan Qrimning Simferopol tumanidagi Gvardeyskoye aerodromida Rossiyaning ikkita Mi-8 vertolyotini yöq qildi, deb xabar berdi 1 sentabr, duşanba kuni Telegramʼda GUR matbuot xizmati.
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, foydalanişdan çiqarilgan vertolyotlarning taxminiy narxi 20 milliondan 30 million dollargaça. Bundan taşqari, Sevastopol körfazida buksir kateri — ehtimol BUK-2190 yöq qilingan.
Reydli buksir suvosti diversion kuçlar va vositalarning bir qismidir (razvedkaçi ğavvoslar bölinmasi). «Buksirning şikastlanişi elita rus bölinmasining jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada çeklaydi», — deyiladi Boş razvedka boşqarmasi matbuot xizmati xabarida.













