AQŞ moliya vaziri Skott Bessentning aytişiça, Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Ankorijdagi sammiti ortidan Ukrainaga hujum qilişda davom etayotgan Rossiyaga qarşi keyingi sanksiyalar uçun «barça variantlar muhokamada». Bessent Fox News telekanaliga intervyu berdi.
«Prezident Putin, Ankorijdagi tarixiy uçraşuvdan söng, Yevropa yetakçilari va prezident (Volodimir) Zelenskiy duşanba kuni (18 avgust) Oq uyda uçraşgan telefon qönğiroğidan söng, özi aytganining teskarisini qildi – aslida u bombardimonlarni kuçaytirdi», — dedi Bessent.
«Öylaymanki, prezident Tramp özining barça variantlarini körib çiqmoqda va menimça, biz bu hafta ularni diqqat bilan körib çiqamiz», — deya qöşimça qildi u.












