KXDR rahbari Kim Çen Inning xavfsizlik xizmati xodimlari Pekindagi muzokaralar zalida Putin bilan ikki soatlik uçraşuv çoğida u qöl tekkizgan barça buyumlarni artib çiqdi, deb xabar berdi Reuters.

Tahlilçilarga köra, bunday harakatlar xorijiy josuslarga qarşi turiş va Kimning soğliği haqidagi har qanday ma’lumotni yaşirişga qaratilgan xavfsizlik çoralari majmuasining bir qismidir. Şunga öxşaş tartib uning otasi, Şimoliy Koreyaning oldingi rahbari Kim Çen Ir davridan beri amal qilib keladi.

Rossiyalik jurnalist Aleksandr Yunaşev muzokaralardan söng koreyaliklar xonani yaxşilab tozalayotgani aks etgan video bilan bölişdi.

«U içgan stakanni olib qöyişdi, örindiq qoplamasini va Koreya yetakçisi tegingan mebel qismlarini artişdi», deb yozdi Yunaşev.

Videoda xodimlardan biri kreslo va uning yonidagi stolni artayotgani, ikkinçisi esa Kimning stakanini olib ketayotganini köriş mumkin.

Avvalgi xorijiy safarlar çoğida bölgani kabi, Kim hozir ham özining zirhli yaşil poyezdida şaxsiy köçma hojatxonani olib yuradi, çunki axlat uning soğliği haqida köp ma’lumot berişi mumkin. Bunday çoralar Kim Çen Ir davridan beri standart tartib hisoblanadi, dedi Reuters naşriga Amerikaning Stimson markazidan KXDR rahbarlari böyiça ekspert Maykl Medden.

«Xorijiy razvedka, hatto döstona davlatniki bölsa ham, namuna olmasligi va uni tekşirmasligi uçun maxsus hojatxona, soç, teri, çiqindi va sigaret qoldiqlari uçun maxsus qoplar olib yuriladi... Çunki bu narsalar Kim Çen Inning soğliği haqida ma’lumot oliş imkonini beradi», dedi u.

Avvalroq, Paris Match naşri Rossiya Federal qöriqlaş xizmatining (FSO) maxsus xodimi prezident Vladimir Putinning safari paytida axlati va siydigini saqlaş va ularni Moskvaga maxsus jomadonda yetkaziş bilan şuğullanişi haqida yozgan edi.

Bunday ehtiyot çoralari Kreml Putinning soğliği haqidagi ma’lumotlarni sir saqlaşga va «uning ehtimoliy davolaniş izlarini» yaşirişga intilayotganini anglatişi mumkin, deb ta’kidladi naşr.