Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yana bir bor prezident Vladimir Putin bilan Moskvadagi uçraşuvga bormasligini aytdi va Putinni muzokaralarni keçiktirayotganlikda aybladi. «Amerikalik hamkorlarimiz bizga Putin meni Moskvaga taklif qilganini aytdi. Öylaymanki, agar uçraşuv bölmasligini istasangiz, meni Moskvaga taklif qilişingiz kerak», — dedi Zelenskiy 4 sentabr, payşanba kuni Parijda «köngillilar koalitsiyasi» sammitidan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida.

Ukraina prezidentining ta’kidlaşiça, uçraşuvning özi «zarur», biroq Rossiya uni keçiktiriş uçun hamma narsani qilmoqda. Şu bilan birga, u Putinning bunday uçraşuv haqida gapira boşlagani yomon emasligini qayd etgan.

3 sentabr kuni Vladimir Putin Ukraina prezidenti bilan uçraşuv haqida gapirib, «agar Zelenskiy tayyor bölsa, Moskvaga kelsin», dedi. Şu bilan birga, u va boşqa rossiyalik rasmiylar avvalroq Zelenskiy bilan uçraşuv faqat muzokaralarning yakuniy bosqiçida bölişi mumkinligini ta’kidlagan edi.