Adliya vazirligi taşabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga muvofiq, banklarda naqd çet el valyutasini sotib oliş tartibi soddalaştirildi.
Endilikda fuqarolar 500 AQŞ dollarigaça bölgan miqdorda naqd çet el valyutasini şaxsini tasdiqlovçi hujjat taqdim etmasdan xarid qilişi mumkin.
Bunga qadar banklardan pasport yoki ID-kartasiz sotib oliş mumkin bölgan çet el valyutasi miqdori 100 AQŞ dollarini taşkil etar edi. Yangi tartib bilan uşbu miqdor beş baravarga oşirildi.
Mazkur özgariş 2026-yil 8-mayda 2886-12-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan idoraviy hujjatda belgilangan bölib, u joriy yilning 9-avgustidan kuçga kirdi.
Adliya vazirligi uşbu özgariş aholi uçun bank xizmatlaridan foydalanişni yengillaştirişga qaratilganini ma’lum qildi.












