Ertaga, 10-avgust kuni Özbekistonning barça hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkaziladi.
“Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari prezidentning 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalarida ötkazib kelinmoqda.
Mazkur taşabbus avtotransport vositalaridan havoga çiqadigan zararli taşlamalarni kamaytiriş va bu orqali ekologik barqaror muhitni şakllantiriş, şuningdek, jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalaniş madaniyatini keng tarğib qilişga xizmat qiladi.
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalaniş javobgarlikka sabab böladi.

















