Mehnat migrantlariga oila a’zolarini Rossiyaga olib boriş taqiqlanişi mumkin. Tegişli qonun loyihasi 9 sentabr kuni Sergey Mironov boşçiligidagi «Spravedlivaya Rossiya» fraksiyasi deputatlari tomonidan Davlat Dumasiga kiritilgan. Tegişli hujjat Dumaning qonunçilik bazasida e’lon qilindi.

Deputatlarning fikriça, mehnat migrantlari oila a’zolarining Rossiyada qolişi davlatning ijtimoiy infratuzilmasiga, jumladan, ta’lim muassasalari va soğliqni saqlaş tizimiga katta yuklama olib keladi.

«Şu bilan birga, migrantlarning patentidan keladigan budjet daromadlari işlamaydigan oila a’zolarini saqlaş xarajatlarini qoplamaydi, bu esa migratsiya siyosatining uşbu modelini iqtisodiy jihatdan samarasiz qiladi», deyiladi hujjatga tuşuntiriş xatida.

Agar taqiq qabul qilinsa, past malakali migrantlarning oila a’zolarini çiqarib yuboriş orqali mamlakatga migratsiya oqimini 15-20 foizga kamaytiriş mumkin böladi, deb hisoblamoqda loyiha mualliflari.