Özbekiston Isroil tomonidan Qatar hududida amalga oşirilgan operatsiyani qoralab bayonot berdi.

“Özbekiston Respublikasi Isroilning Doha şahridagi turar joy hududiga uyuştirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buziş, çegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi.

Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul bölib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini jiddiy ravişda mensimaslik hisoblanadi.

Özbekiston xalqaro munosabatlarda kuç işlatişning har qanday körinişiga va Yaqin Şarqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlaştiradigan qadamlarga izçil ravişda qarşi ekanini bildiradi”, – deyiladi TIV bayonotida.

9 sentabr kuni Isroil tomoni HAMAS guruhining Dohadagi a’zolari joylaşgan binoga zarba berdi.

“Bugungi HAMASning eng yuqori darajadagi rahbarlariga qarşi amalga oşirilgan operatsiya töliq mustaqil Isroil amaliyoti böldi. Isroil uni boşladi, Isroil uni ötkazdi va Isroil unga töliq mas’uliyatni öz zimmasiga oladi”, deya bayonot berdi Isroil boş vaziri idorasi.

Qatar Taşqi işlar vazirligiga köra, zarba HAMAS siyosiy byurosining bir neça a’zolari istiqomat qilayotgan turar-joy binolariga berilgan.

“Bu jinoyatkorona hujum barça xalqaro qonunlar va me’yorlarni oçiqçasiga buziş bölib, Qatar fuqarolari va rezidentlarining xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi”, deya bayonot berdi rasmiy Doha.

Qatar TIV mamlakat xavfsizligi va suverenitetini buzuvçi bunday harakatlarga mutlaqo toqat qilmasligini bildirib, hozirda eng yuqori darajada tergov işlari olib borilayotgani, qisqa vaqt içida qöşimça tafsilotlar ma’lum qilinişini bildirdi.

HAMAS rasmiylarining Al-Jazeera'ga aytişiça, Dohada sulh taklifini muhokama qilayotgan yiğilişdagi barça a’zolar Isroilning suiqasdga urinişidan omon qolgan.