Ronaldu böş darvozaga gol urolmadi, Isroilda ahmoqona qizil
|11:11 / 25.09.202629 99710 min
Klopp va Xavi Germaniya va Niderlandiya milliy jamoalari boşqaruvidagi debyutida özaro töqnaşdi. Ronaldu faoliyatidagi 980-golni ura olmasdan maydonni tark etdi. Holand esa yölidan çiqqan raqibga gol urişda davom etmoqda: u milliy jamoadagi 56-öyinida 63 va 64-gollarini urişga erişdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Payşanba oqşomida Millatlar ligasida 1-tur öyinlari boşlandi.
Kriştianu Ronaldu özi uçun qadrdon bölgan «Joze Alvalade» stadionida milliy jamoa bilan xayrlaşişi haqidagi xabarlar quruq gapligiça qoldi. 41 yoşli futbolçi şu kuni Portugaliya libosida 234-öyinini ötkazdi va bu oxirgisi emas.
Stadionga yiğilgan muxlislar uning töpga har teginişini olqişlar bilan qarşi olişdi, ammo u öyin boşida yaxşi vaziyatdan foydalana olmadi. Öyindagi hisobni esa uning «An-Nasr»dagi jamoadoşi Joau Feliş oçdi: yarimhimoyaçi 22-daqiqada jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbadan keyin töp raqib himoyaçisiga tekkan holda yönalişini özgartirdi va pastki burçakka borib tuşdi.
Kriştianu Ronaldu ikkinçi bölim boşida faoliyatidagi 980-golini urişga juda yaqin keldi, ammo deyarli böş darvoza qarşisida turgan holda töpni yuqoriga tepib yubordi.
U baribir Bruno Fernandeşning pasidan keyin darvozani işğol etganida esa kiçik ofsayd holati qayd etildi.
Şu kuni portugallar sardori maydonni golsiz tark etdi – murabbiy 67-daqiqada uni almaştirdi. Ammo portugallar usiz ham ğalabali hisobni saqlab qoldi va titul himoyasini muvaffaqiyatli boşladi.
Skandinavça triller
Norvegiya – Daniya 3:2 Gollar: Bobb, 14 (1:0). Holand, 18 (2:0). Damsgor, 25 (2:1). Hoylund, 60 (2:2). Holand, 74 (3:2)
Guruhdagi ikkinçi öyin esa skandinavlar derbisiga aylandi. Norvegiya 18-daqiqaga kelib ikki töp farqi bilan oldinga çiqib olgandi – Oskar Bobb va Erling Holand öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Ammo daniyaliklar öyinga qayta olişdi: Mikkel Damsgor tezda hisobni qisqartirdi, ikkinçi bölimda esa Rasmus Hoylund muvozanatni tikladi.
Natijada Holand yana bir bor özini körsatişiga töğri keldi – 74-daqiqada u Edegor yordamida («Arsenal» sardori birinçi bölimda Bobbning hisobni oçuvçi goliga ham hammualliflik qilgandi) ğalaba golini urdi. Erling milliy jamoa safida fantastik natija qayd etmoqda – u 56 öyinda allaqaçon 64 ta gol urişga erişdi. Bu bilan u afsonaviy nemis hujumçisi Gerd Myullerning natijasini takrorladi.
Norvegiyalik kiborgning hozirgi sport formasi aql bovar qilmas darajada: klub va milliy jamoa safidagi sönggi olti öyinida darvozalarni 9 bor işğol qilgan va bu oraliqda birorta öyinni golsiz tark etmagan. Endi hafta oxirida muxlislar Erling va Kriştianu duetiga guvoh bölişadi.
A ligasi, 2-guruh
Xavi Kloppga qarşi
Niderlandiya – Germaniya 1:1 Gollar: Nmeça, 32 (0:1). Gakpo, 90+2 (1:1) Niderlandiya: Verbryuggen, van Deyk, van Hekke, van de Ven, Dyumfris, Gravenberh, Timber (Verman, 57), Reynders (Til, 83), Gakpo, Sammervill (van Bommel, 83), Brobbi (Meyerdink, 35) Germaniya: ter Ştegen, Ta, Şlotterbek, Braun, Troy, Kimmih, Nmeça (Ştah, 64), Amiri (Engelhardt, 80), Şade (Fyurix, 64), Adeyemi (Gnabri, 80), Havers (Ebnutalib, 30) Ogohlantirişlar: Timber, 22. van Hekke, 24. Dyumfris, 68 – Amiri, 68
A2 guruhidagi ikki favorit – Yurgen Klopp boşçiligidagi Germaniya hamda Xavi öz qöliga olgan Niderlandiya jamoalari birinçi turdayoq töqnaşdi. Bu ikki murabbiy uçun milliy jamoalar boşqaruvidagi ilk öyin edi va unda mezbonlar öyinga qöşib berilgan daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qolişdi.
13-daqiqada mezbonlar darvozani işğol etgandi, ammo Brobbi tomonidan darvozabonga fol işlatilgan deb topildi va van Deykning goli bekor qilindi.
30-daqiqada esa «Arsenal» hujumçisi Kay Havers öz jamoadoşi Yurriyen Timberning egizak ukasi Tventin tomonidan işlatilgan foldan keyin jarohat olib maydonni tark etdi.
32-daqiqada Feliks Nmeça Yurgen Klopp jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi va bu ustunlik öyinga qöşib berilgan daqiqalargaça saqlanib qoldi.
Serbiya öz maydonida keçgan öyinda Gretsiya kambek amalga oşirişiga imkon berdi – 1:2. Öyinning törtinçi daqiqasidayoq Andriy Jivkoviç hisobni oçgandi. Yoviç bölim örtalarida uçraşuv taqdirini hal qilib qöyişi mumkin edi, ammo u qulay vaziyatda turib töpni tösindan yuqorilatib tepdi.
Şundan keyin greklar mezbonlar darvozasini qamal qilişga kirişdi va faqat darvozabonning mahorati birinçi bölimda hisob tenglaşişiga yöl qöymadi: Saviç Zolisning zarbasidan keyin tösin ostiga kirib ketayotgan töpni töxtatdi. Ikkinçi bölimda «Arsenal» vingeri baribir öz maqsadiga erişdi va hisobni tenglaştirdi. Mehmonlar hujum qilişda davom etişdi va uç baravar köproq zarba berişdi (22:8). Yakunda esa haqli ğalaba golini urişdi, zaxiradan öyinga qöşilgan «Komo» hujumçisi Anastasios Duvikas 90+5-daqiqada greklarga uç oçko olib keldi.
V ligasi, 3-guruh
Avstriya – Isroil 3:1 Gollar: Şmid, 43 – penalti (1:0). Abu Farhi, 55 (1:1). Mvene, 90 (2:1). Kalayjiç, 90+3 (3:1) Avstriya: A. Şlager, Danso, Linhart, Mvene, Poş, K. Şlager, Zayvald (Xorvat, 73), Şmid (Çukvuemeka, 83), Gryull (Vanner, 46), Vimmer (Lang, 73), Gregoriç (Kalayjiç, 37) Isroil: D. Perets, Revivo, Stoinov, D. Perets (Şlomo, 64), Nahmias, Mizrahiy (Levi, 64), E. Perets, Gluh, Solomon (Turgeman, 73), Halayliy, Abu Farhi Ogohlantirişlar: K. Şlager, 26. Danso, 52. Vimmer, 64 – E. Perets, 31. Abu Farhi, 52 Çetlatiş: Abu Farhi, 56 (ikkinçi sariq)
Bu qarama-qarşilikda avstriyaliklar favorit edi, ammo ğalabaga erişiş oson bölmadi.
Mezbonlar birinçi bölim oxirlarida penaltidan hisobni oçişgandi, 55-daqiqada esa Sayid Abu-Farhi hisobni tenglaştirdi.
Ammo 20 yoşli uşbu forvard şu zahoti ahmoqona vaziyatga tuşib qoldi: u öz golini burçakdagi bayroqçani kötarib, nişonladi. Boş hakam Georgiy Kabakov esa unga bu harakati uçun sariq kartoçka körsatdi. Bir neça daqiqa oldin Abu-Farhi raqibga burçak zarbasini amalga oşirişga tösqinlik qilgani uçun birinçi sariq kartoçkani olgandi va ikkinçi sariqdan keyin maydonni tark etişga majbur böldi.
Maʼlum bölişiça, hakam futbolçining gol nişonlaşdagi harakatini «quroldan öq uzişga taqlid» deb baholagan. IFAB 12-qoidasida golni nişonlaşda futbolçi provokatsion, masxaralovçi yoki nizoli tarzda harakat qilsa, sariq kartoçka olişi kerakligi körsatilgan.
Isroilliklar ozçilik bölib qolganiga qaramay, 90-daqiqagaça durang hisobni uşlab turişdi. Ammo öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Filipp Mvene va Saşa Kalayjiç baribir raqibni taslim etişdi.
Irlandiya kosovoliklar maydonida öz öyinini namoyiş eta olmadi va mezbonlar zarbalar berişda mutlaq ustunlikka erişdi – 23:3.
Öyin taqdirini bu mavsum «Fenerbahçe»da porlayotgan Muriki (oxirgi turda uşbu tajribali hujumçi pokerga erişdi) urgan gol hal qildi. Birinçi bölim oxirida uning boş bilan yöllagan zarbasidan keyin töqqizlikka qarab ketayotgan töpni Kelleher qaytarib qolgandi. Ammo öyin oxirlarida darvozabon baribir uşbu hujumçi qarşisida ojiz qoldi. Murikining dastlabki zarbasi tösindan qaytdi, uning özi qaytgan töpni darvozaga kiritib yubordi.
Litva va Malta safarda ğalaba qozondi
D1 va D2 guruhlarida Yevropa futboli autsayderlari ham öz iştirokini boşladi.
● Malta Andorradan irodali ğalaba bilan qaytdi – 2:1. Gilom Lopes 17-daqiqada andorraliklarni oldinga boşlagandi, ammo mezbonlar şu kuni hatto durangga ham erişa olmadi. Orolliklar birinçi bölimdayoq hisobni tenglaştirişdi, 81-daqiqada esa Teddi Teuma ğalaba golini urdi.
● Litva ham safarda ğalaba qozondi – Lixtenşteyn ustidan 2:0 hisobida. Öyin taqdirini 53- va 66-daqiqalarda urilgan gollar hal qildi.
Juma kuni birinçi tur uçraşuvlari davom etadi. Markaziy öyinlarda Zinedin Zidan boşqaruvidagi Fransiya Turkiya maydoniga safar qiladi, Italiya Belgiyani qabul qiladi.