AQŞ prezidenti Donald Tramp 10 sentabrga ötar keçasi Rossiya dronlari tomonidan Polşa havo hududining buzilganiga izoh berdi.

«Rossiya dronlari Polşa havo hududini buzdi? Yetib keldik!», deb yozdi Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqda.

10 sentabr kuni Polşa Qurolli kuçlari operativ qömondonligi Polşa hududiga uçib kirgan bir neçta dron yöq qilingani haqida xabar berdi. Mamlakat boş vaziri Donald Tusk bu dronlarni Rossiyaniki deb atadi. Uning sözlariga köra, harbiylar «töğridan-töğri xavf tuğdirgan» dronlarni urib tuşirgan.

Şundan söng, NATO Şimoliy Atlantika şartnomasining 4-moddasini qölladi, unga köra, NATO a’zolari, agar ularning hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi tahdid ostida bölsa, bir-biri bilan maslahatlaşadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Kremlga Polşa rasmiylaridan dronlar bilan boğliq vaziyat böyiça sörovlar kelib tuşmagan.