1-Sabab: Viza kerakmas, töğridan-töğri reyslar, qulaylik va xavfsizlik
Özbekiston fuqarolari Dubayga borişi uçun viza olişi şart emas, istalgan paytda sayohatga jönab ketiş mumkin.
Özbekiston va Dubay örtasida töğridan-töğri parvozlar Emirates, Uzbekistan Airways, Centrum Air va Flydubai aviakompaniyalari tomonidan amalga oşiriladi. Reyslar sonining köpligi aviaçiptalarni hamyonbop narxlarda sotib oliş va safarni özingizga töğri keladigan sanaga rejalaştiriş imkonini beradi.

Amirlikda oilaviy ta’tillarni qulay va xavfsiz ötkaziş uçun juda yaxşi şaroitlar yaratilgan. Dubay dunyodagi eng xavfsiz şahar maqomi bilan maşhur. Bu yerda köçalar, istirohat boğlari va jamoat joylari juda ozoda. Qulay transportdan tortib, yaxşi öylangan navigatsiyagaça bölgan zamonaviy infratuzilma şahar böylab harakatlanişni oson va qulay qiladi.
2-Sabab: Dengiz va quyoş yil davomida xizmatingizda
Dubay yil davomida dam oliş mumkin bölgan yönaliş hisoblanadi
Bu yerda vaqtni qulay ötkaziş uçun hammasi öylangan: salqin zonalar, harorati boşqariladigan basseynlar va hatto, tunda çömiliş uçun maxsus jihozlangan plyajlar ham bor. Bepul jamoat plyajlari ham, yuqori darajadagi servisga ega xususiy klublar ham mehmonlar ixtiyorida.

Dubaydagi jamoat plyajlari hordiq çiqariş uçun zarur bölgan barça infratuzilma bilan jihozlangan. Bu yerda qahvaxonalar va restoranlar, hojatxonalar va duşxonalar faoliyat körsatadi. Plyajdagi köngiloçar faolliklar haqida ham unutmaslik kerak:
● Kite Beach – Dubay aholisi va mehmonlarning eng sevimli plyajlaridan biri. Bu yerda suvda faol dam oliş uçun barça şaroitlar yaratilgan, bolalar uçun infratuzilma hamda qahva içib, tamaddi qilib oliş uçun köplab dam oliş zonalari mavjud.

● Sunset Beach afsonaviy Burj Al Arab mehmonxonasining yonida joylaşgan, bu kun botişini dengiz sohilidan turib tomoşa qiliş uçun eng yaxşi joylardan biri.
● Al Mamzar Beach Park — şunçaki plyaj emas, balki bir neçta qumloq qöltiqlarga ega keng yaşil boğ. U bolali oilalar uçun mos keladi: bu yerda salqin joylar, pikniklar uçun parvariş qilingan maysazorlar, basseynlar va ijaraga beriladigan manqalli ayvonçalar köp. Kiriş narxi bor-yöği 5 dirham, bu barça qulayliklardan foydalaniş imkoniyati uçun ramziy tölov.
● JBR Beach – uzun qumloq sohil yölini, dökonlar, restoranlar va köngiloçar öyinlar joylaşgan va piyoda sayr uçun möljallangan sohilböyi köçasini birlaştirgan juda katta majmua.
Xususiy plyaj klublari – dengiz böyida yoki basseynda begonalarsiz dam oliş uçun ideal maskan. Dubayda oilaviy plyaj klublari ham, faqat kattalar uçun möljallangan plyaj klublari ham faoliyat körsatadi. Bolalar bilan dam oliş imkoniyatini beradigan xususiy klublarning bir neçta variantlari bor:
● Riva Beach Club
● Peaches & Cream
● February 30
● Sofitel Dubai The Palm
● The Ritz-Carlton Dubai beş yulduzli mehmonxonasining plyaj klubi
● SOLE MIO
Boşqa ommabop plyaj klublari orasida Byron Bathers Club, The Westin Mina Seyahi mehmonxonasi qoşidagi Club Mina, wiggy Family (Park Hyatt Dubai – Creekside) klublarini körsatib ötiş mumkin.
3-Sabab. Sarguzaştlar va noyob tabiat
Dubaydagi osmonöpar binolar ortida hayratga soluvçi tabiat olami – sahro barxanlari, yaşil boğlar, toğlar va köllar yaşiringan. Yangi yorqin taassurotlarni yoqtirasizmi? Unda quyidagilarni amalda sinab köring:
● Sahroda safari – qudratli va töliq yuritmali jipda yoki tuyada qumtepaliklar böylab sayr qiling, loçinlar bilan fotosuratga tuşing va kuningizni an’anaviy raqslarni tomoşa qilgan holda yulduzli osmon ostidagi keçki taom bilan yakunlang.

● Şahar jaziramasini tark etib, körkam manzarali Hatta toğlariga boring. Bu yerdagi töğonning (Hatta Dam) feruza rang suvlarida qayiqda sayr qiliş, piyoda toğ söqmoqlarini örganiş, velosipedda aylaniş, ziplaynda uçiş mumkin.

● Romantik Muhabbat Köllari (Love Lake) – Al Qudra sahrosining qumliklarida yaratilgan yurak şaklidagi ikkita köl. U oilaviy pikniklar va çiroyli fotosuratlar uçun ideal makon.
4-Sabab. Hayratga soluvçi şahar manzaralari
Dubayda sayyohlar uçun şaharni eng a’lo rakursdan, ya’ni balandlikdan tomoşa qiliş uçun imkoniyatlar juda köp. Sun’iy orollar, töğri çiziq şaklida ketgan şoh köçalar va osmonöpar binolar qayta va qayta tomoşa qiliş qiziqarli bölgan hayratlanarli manzarani yaratadi. Quyida Dubayning eng yaxşi tomoşa maydonlarini sanab ötamiz:
The View at The Palm – bu yerdan maşhur Palm Jumeirah sun’iy oroliga kişini lol qoldiruvçi manzara oçiladi.

Burj Khalifa — dunyoning barça tomoniga oçiladigan manzaraga ega jahondagi eng baland bino

Sky Views Observatory — ekstremal şişa yölakda uçiş toği va Downtown Dubai hududiga oçiladigan gözal manzaralar
5-Sabab. Har qanday ta’bga mos keladigan taomlar
Dubayning gastronomik manzarasi amirlikning nozik xarakterini aks ettiradi, ya’ni u bir vaqtning özida turli-tuman, mehmondöst, noz-ne’matlarga boy va öziga xos.
Dubay restoranlari Michelin gidida qayd etilgan Yaqin Şarqdagi birinçi şaharga aylandi. Ayni paytda şahardagi 200 dan ortiq ovqatlaniş maskani, şu jumladan yuqori sifatli va mazali taomlarni hamyonbop narxlarda taklif qiluvçi Bib Gourmand toifasidagi muassasalar ham uşbu gidga kiritilgan.

Amirlikning taomlari bilan tanişişni an’anaviy oşxonadan boşlagan ma’qul. Dubay taomlari ba’daviylar merosi va dengizning yaqinligini özida aks ettiradi, şu bilan birga u turli ziravorlarga (za’faron, kardamon, zarçava, dolçin) hamda guruç, göşt (köproq qözi yoki tovuq göşti) va baliq mahsulotlariga boy. Agar mahalliy taomlarni tatib körişni istasangiz, unda tarixiy Al Fahidi tumanidagi yemakxonalarni tanlang. Bu yerda Al Khayma va Arabian Tea House restoranlari eng ommabop joylar hisoblanadi.
MDH mamlakatlaridan kelgan köp sonli ekspatlar hamda dubayliklarning töyimli va mazali ovqatlarni yaxşi körişi tufayli amirlikda özbek taomlari ham juda maşhur. Bunday restoranlarni Al Karama i International City hududlarida (ayniqsa “Özbeklar mavzesi”da) köplab uçratiş mumkin.
Xullas, Dubayda köça yeguliklaridan tortib, to lyuks restoranlargaça bölgan istalgan mamlakat taomlarini tayyorlaydigan yuqori darajadagi muassasalarni topsa böladi.
Reklama huquqi asosida











