Hozirda mamlakatda yettita ustuvor yönalişni öz içiga olgan “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oşirilmoqda.
Eng avvalo, kambağal aholini şunçaki işga joylaştiriş emas, balki doimiy iş örinlarini köpaytirib, odamlar barqaror daromad manbasiga ega bölişi uçun şaroit yaratilmoqda.
Qulay işbilarmonlik muhiti hisobiga ötgan sakkiz yilda 700 ming tadbirkor özining barqaror biznesiga ega böldi.
“E’tiborlisi, davlat biznesga şaroit yaratib beryapti, tadbirkorlar esa öziga ijtimoiy mas’uliyat olib, ehtiyojmand aholini işli va daromadli qilişda kömakçi bölmoqda. Mana şunday samarali hamkorlik tufayli şu yilning özida 270 mingdan ziyod kambağal oila a’zosi doimiy işli böldi”, - dedi prezident.
Mamlakatda kambağallikni qisqartiriş, aholi daromadlarini köpaytiriş böyiça xalqaro taşkilotlar va nufuzli moliya institutlari bilan faol işlanmoqda. Bu borada Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi qişloqlarda yaşaş şaroitini yaxşilaş, yöl qurilişi, tibbiyot va ta’lim xizmatlarini kengaytiriş böyiça 5 milliard dollarlik loyihalar alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.












