Futbol böyiça sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) dunyoda eng qimmat tarkibga ega 100 ta klubni e’lon qildi.
Reytingni Angliyaning «Çelsi» klubi boşqarib turibdi. Londonliklar hozirgi tarkibi uçun 1,314 mlrd yevro mablağ sarflagan.
Milliarddan köproq pul sarflagan yana törtta klub bor, ularning barçasi Angliyaniki: «Mançester Siti» (1,128 mlrd yevro), «Mançester Yunayted» (1,071 mlrd yevro), «Liverpul» (1,065 mlrd yevro) va Londonning «Arsenal» klubi (1,001 mlrd yevro).
Madridning «Real» klubi 854 mln yevroli tarkib bilan reytingda 8-örinda turibdi. «Barselona» 463 mln yevroli tarkib bilan 15-örinda.
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi Osiyoda eng qimmat tarkibga ega – 451 mln yevro (umumiy reytingda 17-örin).
Özbekiston klublari reytingga kiritilmagan.
Hisob-kitoblarga köra, ötgan yilga nisbatan top-10 jamoalarning joriy asosiy tarkibni şakllantirişga ajratgan mablağlari 15 foizga (8,44 mlrd yevrodan 9,67 mlrd yevrogaça), top-100 klublarniki esa 12 foizga (26,23 mlrd yevrodan 29,42 mlrd yevrogaça) oşgan.












