Rossiya muxolifati yetakçisi, marhum siyosatçi Aleksey Navalniy jamoasi uning ölimi bilan boğliq şov-şuvli xabar e’lon qildi. Siyosatçining xotini Yuliya Navalnayaga köra, kamida ikkita davlatdagi laboratoriya Aleksey zaharlab öldirilganini tasdiqlagan. FBK sobiq raisi Ivan Jdanov esa Navalniy ölgan kamerada öşa kuni olingan suratlarni e’lon qildi.

«Putin bevosita aybdor»

Avvaliga Yuliya Navalnaya videomurojaat qilib, eri öldirilgani, bu uçun şaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin aybdor ekanini aytdi. Navalnayaning aytişiça, siyosatçining jamoasi uning biologik namunalarini ikki Ğarb davlatidagi laboratoriyaga yuborgan va ular bir-biridan mustaqil tarzda Navalniy zaharlab öldirilgan degan xulosaga kelgan. Siyosatçining bevasi bu laboratoriyalardan analiz natijalarini e’lon qilişni söragan.

«Rossiya maxsus xizmatlarini taqiqlangan biologik quroldan foydalanişda ayblayman. Tekşiruv ötkazgan laboratoriyalardan natijalarni e’lon qilişni talab etaman. Putin bilan öyin öynaşni bas qiling, siz jim turar ekansiz, ular töxtamaydi», degan Navalnaya.

Keyinroq Navalniy jamoasi uning kamerasidan ölim kuni olingan suratni e’lon qildi. Rasmda Navalniy xonada juda köp miqdorda qusganini köriş mumkin. Surat siyosatçi jasadini olib çiqişlari bilan olingan. Navalniy ölgan Xarp qişloğidagi qamoqxonaning kamida beş nafar xodimi körsatma berib, u vafoti oldidan qornida oğriq sezgani, qattiq qaltiragani va qusganini aytgan. Bu haqda qamoqxona ma’muriyatiga xabar berilgan bölsa-da, kameraga tez yordam 40 daqiqa ötib yetib borgan.

16-kamera

Yaqinda Aleksey Navalniy asos solgan korrupsiyaga qarşi kuraş fondi – FBK direktoriligidan ketgan Ivan Jdanov öz sahifasida kameradan ölim kuni olingan yana boşqa suratlarni e’lon qildi. U yerda ham bir kişilik kamerada Navalniyning şaxsiy buyumlari soçilib yotgani, butun xonada qusiş alomatlari borligi körinadi.

«Bu 2024 yil 16 fevral kuni Aleksey Navalniy öldirilgan 16-kameradan olingan surat. U polda ölib qolgan. Biologik namunalarni olib çiqiş haqida alohida gaplaşarmiz, u yerda bor-budi bilan tavakkal qilgan qahramonlar bor edi», deb yozdi Jdanov öz kanalida.

Çindan Navalniy ölgan qamoqxona xodimlari Rossiya hukumatining eng asosiy muxolifi saqlangan kamerani suratga olgani, uni qörqmay Navalniy jamoasiga yuborganiga qoyil qoliş kerak. Axir Navalniy Rossiyada terrorçi deb e’lon qilingan, hatto uning janozasiga boriş xavfli edi. Ammo qamoqxonadagilar uning jasadi olib ketilgan xonani hali tozalab ketmasidan suratga olişgan, keyin katta ehtimol yana öşa qamoqxonadagilar bionamunalarni çet elga olib çiqişga yordam bergan.

Navalniyning har bir qadami kuzatilgan, yoniga mahbus körinişida qöriqçilar, provokatorlar qöyilgan, qamoqxona xodimlari ham saralab olingan şaroitda ham ölim sirini oçişga yordam beradiganlar topilgani Navalniy oddiy rus jamiyati uçun qançalik katta şaxs bölgani, uning obrösi qançalik baland bölganini körsatadi.

Ma’lumot uçun, Aleksey Navalniy 2024 yil 16 fevral kuni olis Sibirdagi Xarp qişloğida joylaşgan qamoqxonada ölgandi. U 2020 yil 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga uçayotganda samolyotda zaharlaniş alomatlari bilan huşidan ketgandi. Öşanda uni «Noviçok» moddasi bilan zaharlaşgan degan xulosaga kelişadi. Siyosatçining yaqinlari uni Germaniyaga olib ketib davolaşadi.

2021 yil 17 yanvar kuni Navalniy Rossiyaga qaytadi. Uni qaytişi bilan qamoqqa olişadi, şunday bölişi aniq edi, lekin Navalniy Putin haqida suriştiruvini Rossiyadan turib e’lon qiliş uçun vataniga qaytadi. Siyosatçi qamoqqa olinganidan bir kun ötib Putinning saroyi nomli şov-şuvli suriştiruv e’lon qilinadi. Yutubda bu video hozirgaça 134 million marta tomoşa qilingan. Bu Alekseyning oxirgi jurnalistik va siyosiy suriştiruvi bölib tarixda qolgandi.

Şu-şu qamoqxonadan Navalniyning öligi çiqdi. Köpçilik taxmin qilganiday. Avvaliga uning jasadini ham yaqinlariga berişmadi, lekin siyosatçining onasi qamoqxonadan uzoqlaşmay bolasining jasadini olib ketdi. Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniy 2024 yil bahori ilk kunida ona şahri Moskvada özi yoqtirgan «Terminator» filmi musiqasi bilan dafn qilingandi.

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.