Rossiya migratsiya siyosatini yanada qat’iylaştirmoqçi. «Biz migratsiyaga «keldi – pul işladi - ketdi» tamoyili böyiça yondaşamiz», deb ma’lum qildi Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikov.

Sentyabr oyida Davlat Dumasiga mehnat migrantlariga oila a’zolarini Rossiyaga olib kelişni taqiqlovçi qonun loyihasi kiritildi.

«Hammasi kundek ravşan - odamlar boşqa mamlakatlardan keladi, pul topadi, pul oladi, ketadi. Bizga bu yerda oilalar kerak emas, biz öz mamlakatimiz fuqarosi bölmaganlarni öqitişga majbur emasmiz... Bu jarayon töğrilanmoqda. Migratsiyaga, menimça, heç kim uzoq muddatga tayanişga tayyor emas», dedi Reşetnikov.

Rossiyada migrantlarga nisbatan munosabat 2024 yil mart oyida «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan teraktdan söng keskin yomonlaşdi. Hukumat ularning huquqlarini çeklovçi qonunlarni bosqiçma-bosqiç qabul qilmoqda. Rasmiylar iqtisodiyot migrantlarsiz işlay olmasligini tan oladi, ammo ayni paytda ular uçun şartlarni kuçaytirmoqda.

Migrantlar oila a’zolarining Rossiyaga kirişiga taqiq qöyilişi rasman ijtimoiy infratuzilmaga yuk bilan izohlanmoqda.

«Migrantlarni jalb qiliş kerak albatta, lekin biz boşlagan jarayonni yakunlaşimiz lozim», deb xulosa qildi Reşetnikov.