Buyuk Britaniya Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşining Gurjistonga aloqador tarafdorlariga qarşi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Tegişli hujjat Buyuk Britaniya hukumati saytida e’lon qilindi.

Gurjistonlik siyosatçi va mediamagnat Levan Vasadze öz media platformalaridan rossiyaparast kayfiyatdagi dezinformatsiya tarqatişda foydalangani uçun çeklovlarga duçor böldi. Bundan taşqari, Rossiya va «Gurjiston orzusi» partiyasining yuqori böğinlari bilan keng aloqaga ega bölgan sobiq boş prokuror va gruziyalik tadbirkor Otar Parsxaladzega nisbatan ham çeklov çoralari qöllangan.

Ikki neft tankeriga ham Rossiya neftini Gurjistonning Batumi portiga Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibida olib ötgani uçun sanksiya qöyilgan. Uşbu kemalarga Buyuk Britaniya portlariga kiriş taqiqlangan va Buyuk Britaniya yuk taşiş reyestriga kiritilişi man etilgan.