Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Nyu-York şahrida Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva bilan uçraşdi.
Nufuzli global tuzilma bilan şeriklikni kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi. XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan yangilanişlarga yuksak baho berib, ortga qaytmas islohotlarni qat’iy qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi.
Jamğarma bilan makroiqtisodiy siyosat, budjet va soliq ma’muriyatçiligini takomillaştiriş sohalarida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ta’kidlanişiça, özbekistonlik mutaxassislar XVJ markazlarida muntazam ravişda malaka oşiriş dasturlaridan ötmoqda. Joriy yilda moliya sohasining barqarorligi birgalikda baholandi va «yöl xaritasi» qabul qilindi.
Uçraşuv davomida pul-kredit va fiskal siyosatni rivojlantiriş, statistika tizimini transformatsiya qiliş böyiça jamğarmaning ekspertlik kömagini davom ettiriş, şuningdek, iqtisodiy idoralar xodimlari uçun öquv dasturlarini kengaytiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.












