Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Yevropa davlatlari Kiyevni qöllab-quvvatlasa-da, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi yaqin kelajakda yakunlanişiga işonmaydi. «Men bunga haqiqatan ham işonmayman. Va bu butun dunyo uçun yaxşi emas. Bu yomon yangilik va şunday fikr yuritiş biz uçun qiyin», dedi u 23 sentabr, seşanbaga ötar keçasi Amerikaning Fox News telekanalida.
Uning tuşuntirişiça, Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy jihatdan raqobatlaşa olmaydi, Yevropa esa Kiyevga çeksiz iqtisodiy yordam bera olmaydi. «Umid qilamizki, bu qöllab-quvvatlaş davom etadi», — dedi Turkiya yetakçisi va AQŞning Ukrainani qança vaqt qöllab-quvvatlaşini taxmin qila olmasligini aytdi.
Rossiyaning Yevropa Ittifoqi havo hududidagi provokatsiyalariga NATOning ehtimoliy javobi haqidagi savolga javob berar ekan, Erdöğan ittifoqni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan yaxşi aloqada bölgan Turkiyaga öxşaş modelga amal qilişga çaqirdi. Uning fikriça, NATO keskinlikni kamaytiriş uçun har ikki tomon bilan diplomatik hamkorlik tamoyillariga amal qilişi kerak.
«Rossiya juda jiddiy yöqotişlarga uçradi. Ukraina ham insoniy va moliyaviy jihatdan juda jiddiy yöqotişlarga uçradi. Biz bu davom etişini xohlamaymiz», — deya qöşimça qildi Turkiya rahbari.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri Turkiyada Rossiya va Ukraina delegatsiyalari örtasida bir neça marta muzokaralar ötkazildi. Turkiya prezidenti, şuningdek, Zelenskiy va Putinning şaxsiy uçraşuvini ötkazişga ham çaqirgan.












