Angliya: «Çelsi»ning kambeki va Isakning debyut goli

«Linkoln» – «Çelsi» 1:2
Gollar: Strit, 42 (1:0). Jorj, 48 (1:1). Buonanotte, 50 (1:2)
«Linkoln»: Jikok, Heymer, Darikva, Touler, Bredli, Monsma (Okoronkko, 85), Varfolomeyev (Beyliss, 71), Makgrendls, Haus (Hekkett-Feyrçayld, 71), Draper (Kollinz, 71), Strit (Obikvu, 71)
«Çelsi»: Yyergensen, Çaloba, Fofana, Xato, Gyusto, Fernandes (Kukurelya, 70), Santos, Buonanotte (Uolş, 90+5), Garnaço (Estevan, 59), Gittens (Pedru Netu, 70), Jorj (Meuka, 70)
Ogohlantirişlar: Draper, 56. Haus, 63. Kollinz, 83 – Santos, 22. Fernandes, 54. Yyergensen, 90. Kukurelya, 90

«Çelsi» Angliya ligasi kubogining 1/16 finali doirasida uçinçi divizion vakili «Linkoln» mehmoni böldi va birinçi bölimni hisobda ortda qolgan holda yakunladi va köpçilik turnirning ötgan bosqiçida «MYu» «Grimsbi»ga yutqazib, turnirni tark etganini yodga oldi. Ammo xavotirlar örinsiz bölib çiqdi va ikkinçi bölim boşida londonliklar tezda vaziyatni öz tomoniga oğdirdi. Avvaliga Jorj jarima maydoni çiziği oldida öziga kelib qolgan töpni böysundirib, olis burçak tomon qaytarib bölmas zarba yölladi, ikki daqiqa ötib esa Buonanotteni golli pas bilan ta’minladi.

«Liverpul» – «Sauthempton» 2:1
Gollar: Isak, 43 (1:0). Çarlz, 76 (1:1). Ekitike, 85 (2:1)
«Liverpul»: Mamardaşvili, Gomes, Leoni (Kerkez, 81), Roberson, Frimpong, Endo, Jons (Bredli, 57), Noni, Ngumoxa (Danns, 75), Kiyeza, Isak (Ekitike, 46)
«Sauthempton»: Makkarti, Menning, Yyelert (Fellouz, 88), Kuarşi, Vud-Gordon, Edvards (Styuart, 88), Siyenza (Robinson, 62), Dauns, Yander (Çarlz, 51), Armstrong, Arçer (Dauns, 51)
Ogohlantirişlar: Ekitike, 53 – Arçer, 45. Menning, 90+2
Çetlatiş: Ekitike, 86 (ikkinçi sariq)

«Liverpul» uçun ham barçasi silliq keçmadi. Arne Slot bu öyinga ikkinçi tarkibni tuşirgandi, şu tufayli gurjistonlik darvozabon Mamardaşvili hamda italiyalik 18 yoşli himoyaçi Leoni «Enfild»da debyut qilişga muvaffaq böldi. Şu bilan birga, Isak ilk bor boşlanğiç tarkibda tuşdi, u «Nyukasl»dagi isyoni tufayli öyin amaliyotiga ega bölmagan va hali kerakli formaga kirib olmagan. Undan mavsumni kuçli boşlagan Ekitikedan yaxşiroq ekanini isbotlaş talab etiladi.

Ötgan mavsum yakunida APLdan tuşib ketgan va yozda qator yetakçilarini sotib yuborgaç, yangi mavsumda çempionşipda 19-örinda borayotgan «Sauthempton» kutilmaganda jiddiy qarşilik körsatdi. Mehmonlar kamida ikki bor Gomesning xatolari tufayli «Liverpul»ni jazolaşi mumkin edi. Mezbonlar esa bölim oxirida vaziyatlarni qadrlaş böyiça dars berişdi. Armstrong Mamardaşvili ustidan oşirib yöllagan töp darvoza tösiniga tegişidan bir daqiqa ötib qizillarning pressingi ostida darvozabon töp uzatişda xatoga yöl qöydi, töpni egallab olgan Kiyeza darvoza qarşisida böş turgan Isakni golli pas bilan ta’minladi. Aleksander uçun bu yangi jamoasidagi ilk gol böldi, murabbiy esa hali 90 daqiqa öynaşga tayyor bölmagan şvetsiyalik hujumçini tanaffusda zaxiraga oldi va uning örniga Ekitikeni tuşirdi.

Fransuz hujumçisi esa şu kuni amalda öz harakatlari bilan asosiy tarkibdagi örnini yöqotdi. Avvaliga u 53-daqiqada sportga xos bölmagan harakatlari bilan sariq kartoçka oldi: hakamning qaroriga qöşilmasdan, töpni tepib yuborgani uçun.

76-daqiqada esa «Sauthempton» hisobni tenglaştirdi va «Liverpul» barçasini boşidan boşlaşiga töğri keldi.

Mezbonlar yana töliq kuç bilan oldinga taşlanişdi va ayrimlar hissiyotlarini jilovlay olmadi. 85-daqiqada Kiyeza ança orqadan uzun uzatma berdi, töpga ofsayddan qutulib qolgan Kiyeza yetib bordi va uni böş darvoza qarşisidagi Ekitikega yetkazdi, fransuz hujumçisi esa osonlik bilan darvozani işğol etdi. Ammo futbolçi sariq kartoçkasi borligini yoddan çiqarib, golni nişonlaş çoğida futbolkasini yeçib yubordi.

Şu zahoti Jyeremi Frimpong Ekitikening oldiga çopib keldi – uni tabriklaş uçun emas, balki nima qilib qöyganini tuşuntiriş uçun.

Öyin hakami Tom Bremell esa futbolçiga ikkinçi sariq kartoçkani körsatdi va «Liverpul» ozçilik bölib qoldi.

«Liverpul» ğalabali hisobni saqlab qoldi, lekin Yugo endi kamida APLning navbatdagi turida «Kristal Pelas»ga qarşi öynamaydi — Kubok öyinlaridagi diskvalifikatsiya APL uçun ham amal qiladi.

«Liverpul» futbolçilari şerigidan noroziligini oçiq bayon etişmoqda. Endryu Roberson öyindan keyin şunday dedi: «Uning töpni tepib yuborib olgan birinçi sariq kartoçkasi – ahmoqlik edi. U buni esdan çiqarib qöydi. Ikki ogohlantiriş – va biz uni şanba kungi öyin uçun yöqotdik. Umid qilamanki, u bundan saboq çiqaradi va boşqa bunday qilmaydi».

Mersisaydliklar boş murabbiyi Arne Slot ham hujumçining harakatlariga baho berişda ahmoqlik sözini işlatdi: «Agar oldindan sariği bölmaganida ham bunday harakat ahmoqlik edi. Men eskiça odam bölişim mumkin, ammo men ham bir qança gollar urganman. Agar sen uç kişidan ötib kelib, töpni yuqori burçakka joylaştirsang, buni öz xizmating deb ataşing mumkin bölardi. Agar men uniki kabi [oson] gol urganimda, Kiyezaning oldiga borib, unga minnatdorçilik bildirgan bölardim».

Ekitike öyindan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uzr söradi: «Bugun Liga kubogidagi ilk öyinimda jamoamga öz uyida yana bir ğalabani qölga kiritişda yordam berişdan juda ruhlangan edim... His-tuyğularim ustunlik qildi. Butun qizillar oilasidan uzr sörayman, bizni doim qöllab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga va uşbu ğalaba uçun jamoadoşlarimga rahmat aytaman!»

Katta ehtimol bilan, u diskvalifikatsiyani ötaganidan keyin ham boşlanğiç tarkibga qayta olmaydi – Slot uni keçirişi uçun vaqt talab etiladi.

Ispaniya: Vinisius yana ilhom bilan öynamoqda

«Atletik» – «Jirona» 1:1
Gollar: Unai, 9 (0:1). Xauregisar, 48 (1:1)
«Atletik»: Simon, Paredes, Lyaport, Boyro (Areso, 46), Gorosabel (Berçiçe, 46), Vesga (Ruis de Galarreta, 46), Hauregisar, Sanset (Navarro, 81), Serrano (Berenger, 46), Inyaki Uilyams, Guruseta
«Jirona»: Gassaniga, Franses, Blind, Moreno, Rinkon (Kuruma, 86), Solis (Martines, 76), Xil (Asprilya, 76), Martin, van de Bek (Portu, 33), Unai, Vanat (Stuani, 86)
Ogohlantirişlar: Unai, 68. Martin, 90

Bilbaodagi öyinda basklar Niko Uilyams terma jamoa bazasidan jarohat bilan qaytişi ortidan boşlangan muvaffaqiyatsiz seriyaga barham beriş uçun harakat qildi. U yöqligida «Atletik» Çempionlar ligasida va içki birinçilikda uç öyinda gol urmasdan yutqazdi, u borligida esa çempionatni uç ğalaba bilan ideal tarzda boşlagandi.

Ammo mezbonlar beş turdan keyin atigi bir oçko bilan turnir jadvali oxirida joylaşgan «Jirona»ni ham yenga olişmadi. Kataloniyaliklar öyin startida mezbonlar uyuştirgan hujumlarni qaytardi va birinçi hujumidayoq Unaining rikoşet orqali darvoza töriga borib tuşgan zarbasi bilan hisobni oçdi. Mezbonlarning uzoq kutilgan goli esa ikkinçi bölim boşida, Hil öz jamoasi jarima maydoni yaqinida töp yöqotişidan foydalangan Hauregisar uni yuqori burçakka aniq yönaltirişi orqali urildi. Şunga qaramay, maydon egalari muvaffaqiyatni rivojlantira olmadi. Ernesto Valverde jamoasida kiçik inqiroz davom etmoqda, endi jamoa tur yakunlariga köra beşinçi örinni ham boy berişi mumkin.

«Sevilya» – «Vilyarreal» 1:2
Gollar: Oluvaseyi, 17 (0:1). Sou, 51 (1:1). Solomon, 86 (1:2)
«Sevilya»: Vlaxodimos, Kastrin (Nyanzu, 54), Salas, Aspilikueta, Gudel (Karmona, 71), Sou, Suaso, X. Sançes (Mendi, 71), Yanuzay (Vargas, 59), Edjuke (A. Sançes, 55), Adams
«Vilyarreal»: Tenas, Marin, Veyga, Kardona (Parti, 84), Mourinio, Geyye, Komesanya (Pedrasa, 29), Parexo (Solomon, 84), Moleyro (Mikautadze, 69), Byukenen, Oluvaseyi (Pepe, 69)
Ogohlantirişlar: Gudel, 70. Oso, 90 – Geyye, 42. Pedrasa, 47. Marin, 85

Raqobatçilarning oçko yöqotişidan (törtinçi örindagi «Espanyol» ham «Valensiya» bilan 2:2 hisobida durang öynadi) «Vilyarreal» unumli foydalandi. Şu bilan birga, «sariq sumbarinalar» uçun ham tur oson keçmadi va jamoa «Sevilya» bilan oçkolarni bölişib olişi mumkin edi, ammo Marselino Toral zaxiradan futbolçi tuşirişda topqirlik qildi. Mikautadze va Solomon uç kun oldin «Osasuna» bilan öyinda buriliş yasagandi (2:1), bu safar esa ular «Ramon Sançes Pisxuan»dagi öyinda ham boş rollarda bölişdi. 86-daqiqada gurjistonlik hujumçi çiroyli harakatlari bilan himoyaçilarni ortda qoldirdi va qulay vaziyatda oçilgan isroillik hujumçini golli pas bilan ta’minladi.

«Levante» – «Real» 1:4
Gollar: Vinisius Junior, 28 (0:1). Mastantuono, 38 (0:2). Etta Eyong, 54 (1:2). Mbappe, 64 - penalti (1:3). Mbappe, 66 (1:4)
«Levante»: Rayan, de la Fuente, Elhesabal, Pampin, Tolyan, Vensedor (Bruge, 65), Rey, Olasagasti (Arriaga, 65), Alvares (Morales, 74), Romero (Koyyalipu, 74), Etta Eyong (Losada, 74)
«Real»: Kurtua, Karreras (Alaba, 82), Hausen, Garsiya, Raul Asensio, Valverde (Tşuameni, 71), Sebalyos (Kamavinga, 82), Arda Guler, Vinisius Junior, Mastantuono (Bellinghem, 71), Mbappe (Rodrigu, 82)
Ogohlantirişlar: Elhesabal, 58 – Karreras, 54

Vinisius Junior boşlanğiç tarkibga qaytdi va çiroyli gol urdi. Braziliyalik hujumçining butsasining taşqi qismida yöllagan zarbasidan keyin mezbonlar darvozabonida töp olis burçakka yöl olişini tomoşa qilişdan özga çora qolmadi. Vini bu golini öz uslubidagi raqs bilan nişonladi, şundan keyin heç qanday muammo yöqligiga işora qilgan holda «Real» emblemasini öpib qöydi (sönggi vaqtlarda u asosiy tarkibdan tuşib qolganidan noroziligi va ketiş haqida öylayotgani haqida miş-mişlar tarqalgandi). Şu bilan birga, öyinni madridliklar uçun oson boşlandi deb bölmaydi, «Levante» birinçi hujumidayoq gol urişi mumkin edi, ammo 3-daqiqada Romeroning, 13-daqiqada Adrian De La Fuentening qulay pozitsiyadan yöllagan zarbalariga biroz aniqlik yetişmadi.

Valensiyaliklar ötkazib yuborilgan goldan keyin ham hujumkor öyin namoyiş etişdi, ammo «Real» futbolçilari, ayniqsa, Vinisius şu kuni maydonga katta iştiyoq bilan tuşgandi. Braziliyalik futbolçi tanaffus arafasida dublni rasmiylaştirişiga sal qoldi (Rayan töpni oyoqlari bilan qaytarib qoldi), ammo u baribir ikkinçi golli harakatni amalga oşirdi va Mastantuonoga assistentlik qildi. Argentinalik yoş iste’dod «Qirollik klubi»dagi ilk golini nişonladi. Lekin bu faqat bir darvozaga hujum qilingan öyin emasdi va mezbonlar ikkinçi bölimda javob golini urdi, jamoa yozda «Vilyarreal»dan sotib olgan yoş hujumçi Etta Eyong mavsum boşidan buyon törtinçi golini urdi, uning hisobida 3 ta golli assist ham bor.

Bu goldan keyin «Real» yana uyğondi va öyin masalasini uzil-kesil hal qildi. Javob golidan ön daqiqa ötib Mbappe penalti işladi va uni özi aniq ijro etdi. Ikki daqiqa ötib fransiyalik hujumçi Arda Gulerning pasidan keyin darvozabon yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va dublini nişonladi. Mbappe mavsumning yetti öyinida urgan gollari sonini töqqiztaga yetkazdi, «qaymoqranglilar» içki çempionatda olti öyinda olti ğalabaga erişdi. Habi Alonso birinçi mavsumni ideal boşladi, «Real»da Vanderley Luşemburg davridan buyon bu qadar muvaffaqiyatli start bölmagan, braziliyalik mutaxassis 2005 yilda mavsumni yetti ğalaba bilan boşlagandi va bu natijani takrorlaş uçun, Alonso şanba kuni Madrid derbisida ham ğalaba qozonişi talab etiladi.

Italiya: Nkunku çiroyli gol bilan boşladi

«Milan» – «Leççe» 3:0
Gollar: Ximenes, 20 (1:0). Nkunku, 51 (2:0). Pulişiç, 64 (3:0)
«Milan»: Menyan, de Vinter, Pavloviç (Odogu, 79), Tomori, Riççi (Fofana, 46), Loftus-Çik, Rabio, Bartesagi, Salemakers (Atekame, 61), Ximenes (Myul-Balentin, 68), Nkunku (Pulişiç, 61)
«Leççe»: Fryuhtl, Ndaba, Zibert, Tiagu Gabriel, Tete Morente (Gallo, 57), Veyga, Berişa (Kulibali, 80), Helgason (Gorter, 46), Kaba (Perotti, 46), N`Dri (Kialonda Gaspar, 22), Kamarda
Ogohlantirişlar: Riççi, 35. Pavloviç, 70 – Kaba, 43
Çetlatiş: Zibert, 18

Italiya kubogi 1/16 finali doirasidagi öyinda «Milan» raqib darvozasiga şiddatli hujumlar uyuştirdi va dastlabki ön daqiqadan söng 3:0 hisobida oldinda borişi mumkin edi. Biroq, Loftus-Çikning zarbasini himoyaçi çiziq ustida töxtatib qoldi, Rabioga gol urişga darvozabonning aqlbovar qilmas seyvi tösqinlik qildi, Nkunku esa bir yarim metr masofadan yöllagan zarbadan keyin töp ustunga tegdi. Lekin «Leççe»ning omad limiti ança tez tugadi, muammolar esa tobora ortib bordi. 18-daqiqada mehmonlar Zibertning çetlatilişi tufayli ozçilik bölib qolişdi, ikki daqiqa ötib esa Santiago Ximenes qanotdan uzatgan töpni böş qolgan darvozaga yöllab, hisobni oçdi.

Hammasi Massimiliano Allegrining rejasi böyiça keta boşladi va endi asosiy intriga öyin qanday hisobda yakunlanişida qolgandi. Nkunku ikkinçi bölim boşida «San-Siro»dagi ilk golini urib, hisobdagi ustunlikni oşirdi. Uning örniga zaxiradan tuşgan Pulişiç esa muvaffaqiyatni davom ettirdi. Amerikalik hujumçi dam oliş kunlari A Seriya doirasidagi öyinda «Udineze» darvozasiga dubl qayd etgan, şuningdek Fofanning goliga hammualliflik qilgandi, endi esa fransuz yarimhimoyaçisi unga qarzini qaytardi. Fofana töpni qanotdan oşirib berdi, Kristian bir teginişda töpni yuqori burçakka yölladi. Rossonerilar endi Italiya kubogining 1/8 finalida «Latsio»ga qarşi öynaydi.