Buyuk Britaniyaning Jinoyatçilikka qarşi kuraş milliy agentligi (NCA) 24 sentabr, çorşanba kuni Yevropaning bir qança yirik aeroportlarida, jumladan Londondagi Xitrouda havo qatnovi töxtaşiga olib kelgan sönggi kiberhujumlarga aloqadorlikda gumonlanuvçining uşlangani haqida ma’lum qildi. 40 yoşlarda ekanligi taxmin qilinayotgan gumonlanuvçi keça keçqurun Angliya janubida hibsga olingan. Boşqa tafsilotlar oşkor etilmagan.
«Uşbu hibsga oliş ijobiy qadam bölsa-da, hodisa böyiça tergov dastlabki bosqiçda va davom etmoqda», dedi NCA direktori örinbosari Pol Foster. Uning qöşimça qilişiça, kiberjinoyat «doimiy global tahdid»ga aylangan va Buyuk Britaniya hamda boşqa mamlakatlarga «katta zarar yetkazişda» davom etmoqda.
19 sentabr kuni keçqurun Berlin, Bryussel, Dublin va London aeroportlarida röyxatdan ötiş va yölovçilarga xizmat körsatuvçi Collins Aerospace IT provayderiga hujum uyuştirildi. Şuningdek, u aviatsiya va kosmik texnika sohalarida işlatiladi hamda harbiy maqsadlar uçun tizimlarni işlab çiqadi. Kompaniya voqea yuzasidan suriştiruv işlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Dasturiy ta’minotdagi xato aeroport xodimlarini yukni qölda röyxatdan ötkaziş va tuşirişga majbur qildi, bu jarayonni sezilarli darajada sekinlaştirdi va köplab parvozlar keçikişi hamda bekor qilinişiga olib keldi. Bryussel aeroporti ma’muriyatiga köra, u yerda röyxatdan ötiş va bortga çiqiş tizimlari ham hujumga uçragan.
Sönggi yillarda uzluksiz işlaşi keng qamrovli özaro boğlangan tizimlarga boğliq bölgan aeroportlarga kiberhujumlar sezilarli darajada oşdi.












