24 sentabr, çorşanba kuni Rossiya qöşinlari Ukraina quruqlikdagi qöşinlarining öquv bölinmasiga qöşma zarba berdi. Foydalanilgan qurollar orasida ikkita «Iskandar» ballistik raketasi ham bor, deb xabar berdi Ukraina harbiylari Facebookʼda.
Ukraina quruqlikdagi kuçlarining rasmiy sahifasidagi postda aytilişiça, «boşpanaga aniq zarba beriş natijasida, körilgan xavfsizlik çoralariga qaramay, şaxsiy tarkibdagi talafotlarning töliq oldini olişning imkoni bölmagan». Qurbonlar soni va voqea joyi aniqlaştirilmagan. Ukraina Harbiy-havo kuçlari avvalroq Ukraina Qurolli kuçlarining öquv markazlari joylaşgan Çernixiv viloyatida raketa va dron hujumlari haqida xabar bergan edi.
«Odamlarning hayoti va soğliğini himoya qiliş maqsadida öquv markazlari, poligonlar va boşqa harbiy obektlarni işonçli boşpana bilan jihozlaş böyiça işlar davom etmoqda. Bundan taşqari, harbiy xizmatçilarni duşmanning raketa va havo hujumlari vaqtida himoya qiliş böyiça qöşimça xavfsizlik çoralari körilmoqda», — deya qöşimça qildi ukrainalik harbiylar.













