Yevroparlamentning sobiq a’zosi va Uelsdagi öng populistik Reform UK partiyasi sobiq rahbari Neytan Gill Rossiyaning Yevropadagi siyosiy manfaatlarini ilgari suriş evaziga pora olganini tan oldi. Reuters agentligining xabar berişiça, siyosatçi buni 26 sentabr, juma kuni Londondagi Old-Beyli sud zalida tan olgan.
52 yoşli Gill 2018 yilning yanvaridan 2019 yilning iyuligaça olgan mablağlari bilan boğliq sakkizta poraxörlik böyiça aybini tan oldi. Siyosatçi pulni olişga rozi bölgan, «bu öz vazifalarini bajarişda... saylangan lavozimdagi notöğri xatti-harakat böldi», deya sud zalidagi nutqidan iqtibos keltiradi Reuters.
Sudya Bobbi Çima-Grabb ta’kidlaganidek, Gill unga Ukrainadagi uruş kontekstida «rossiyaparast partiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun» Yevropa parlamentida savollar va bayonotlar beriş uçun pul olganini tan olgan. Prokuror Mark Xeyvudning sözlariga köra, Gill boşqa narsalar qatori Yevroparlamentda öziga kerakli masalalarni kötariş va manfaatini közlab tadbirlar ötkaziş uçun pul olgan. Siyosatçi 2020 yilda, Buyuk Britaniya YeIdan çiqqanidan keyin Yevroparlamentni tark etgan.
Britaniyalik öng populistga qarşi ayblovlar uning telefonidagi WhatsApp messenjeri ilovasida ayblovçi xabarlar topilganidan bir yil ötib qözğatildi.
Noyabrga rejalaştirilgan hukm çiqarilgunga qadar Gill sud zalidan garov evaziga ozod qilindi. Sudyaning ta’kidlaşiça, uni «uzoq muddatli qamoq jazosi» kutmoqda.












