AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedevga keskin munosabat bildirib, uni «ahmoq odam» deb atadi. Tramp bunday tavsifni Medvedevning Vaşingtonga yadroviy tahdidlari bilan izohladi.

«Rossiya bizga biroz tahdid qilganiga köp bölmadi. Va men eng halokatli qurol - atom suvosti kemalarini [Rossiya qirğoqlariga] jönatdim. U «yadroviy» sözini tilga olgani uçun şunday qildim... Bu sözni Putin uçun işlaydigan ahmoq odam aytdi», dedi Tramp.

Uning ta’kidlaşiça, «şunçaki ehtiyotkorlik uçun Rossiya qirğoqlariga bir yoki ikkita suvosti kemasini yuborişni» buyurgan va AQŞ «odamlarga bunday sözlarni bemalol aytaverişga yöl qöymasligini» qöşimça qilgan.

Amerika prezidenti, şuningdek, AQŞ texnologik ustunligini ta’kidlab, mamlakat suvosti kemalari işlab çiqariş texnologiyasini rivojlantirişda «Rossiya va Xitoydan 25 yil oldinda» ekanini aytdi.

Tramp va Medvedev örtasidagi mojaro yozda boşlandi, rossiyalik siyosatçi Eronga yadro qurolini topşiriş ehtimoliga yöl qöyib, Amerikaning Ukrainadagi uruşni tugatiş haqidagi ultimatumini keskin tanqid qilgandi. Medvedev öz bayonotida Sovet Ittifoqining «Perimetr» avtomatik javob yadroviy zarba tizimini tilga olib, Qöşma Ştatlarga töğridan-töğri harbiy mojaro bilan tahdid qildi.

Bunga javoban Tramp Medvedevni «tilini tiyişga» çaqirib, uni «xavfli hududga kirayotgan va Rossiyaning sobiq omadsiz prezidenti» deb atadi. Bundan taşqari, u Rossiya iqtisodiyotini «ölik» deb ta’rifladi.

Avgust oyida Amerika yetakçisi agar Medvedevning tahdidlari ritorikadan taşqariga çiqsa, «tegişli hududlarga» ikkita atom suvosti kemasini joylaştirişga buyruq berganini ma’lum qilgandi. Köp ötmay, Tramp AQŞ Rossiya bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan yadroviy töqnaşuvga töliq tayyorligini aytdi.