Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida Kuvayt va Urugvay milliy jamoalariga qarşi örtoqlik öyinlarida maydonga tuşadi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga köra, Kuvaytga qarşi öyin 9 oktyabr kuni soat 18:00 da Toşkentdagi «Olimpiya» stadionida bölib ötadi.
Oldinroq ÖFA milliy jamoa 13 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Urugvayga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazişi haqida xabar bergandi.
Öyinlar milliy jamoaning FIFA Jahon çempionatiga tayyorgarlik doirasida taşkil etilmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston JÇ-2026 saralaşi doirasida guruhda Erondan keyingi ikkinçi örinni egallab, öz tarixida ilk bor mundialda iştirok etiş huquqini qölga kiritgandi.
FIFAning sentabr oyida e’lon qilingan reytingida Özbekiston milliy jamoasi bir poğonaga yuqorilab, 1453,31 oçko bilan 54-örinda qayd etilgan. Milliy jamoa Osiyoda Yaponiya (19-örin, iyuldagi reytingdan 2 poğona pastlagan), Eron (21, -1), Janubiy Koreya (23, özgarişsiz), Avstraliya (25, -1) va Qatardan (53, özgarişsiz) keyin 6-örinda joylaşgan.












